Seminollar (inglizcha: Seminole) Floridada joylashgan hind qabilasi boʻlib, hozir Oklaxomada yashashadi.

Tarixi tahrir

Seminollar — Jorjiyada qadim zamonlardan beri yashab kelgan, okonee qabilasining bir tarmogʻi hisoblanadi. 1685-yilda okonee jamoalaridan biri Chattaxuchi daryosi boʻylab pastga koʻchganlar. 1716-yilda okonee guruhi Florida shtatidagi Alaxua okrugiga koʻchib oʻtishgan. Shundan keyin Seminollarning nomi kelib chiqqan. Keyinchalik ularning safi hozirgi Jorjiya, Missisipi va Alabama shtatlaridan kelgan Kriklik hindular, shuningdek, Janubiy Karolina va Jorjiyadan ketgan qochqinlar, qora tanli qullar, bilan kengaygan.

XIX asrning oʻrtalarida Seminollarning koʻpchiligi AQSh hukumati tomonidan Floridadan Oklaxomadagi hind rezervatsiyasiga majburan koʻchirilgan. Qabilaning kichik bir qismi — 300 dan 500 kishigacha — Florida janubida Evergladesda qolgan va AQSh armiyasiga qattiq qarshilik koʻrsatishgan, bunda, Seminollar bilan janglarda 1500 ga yaqin askarini yoʻqotgan. Florida Seminollari AQSh hukumatiga baribir taslim boʻlmagan va gʻururlanib oʻzlarini „Boʻysunmas xalq“ deb atashgan — ular Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan rasmiy tinchlik shartnomasini imzolamagan yagona mahalliy amerikalik qabiladir. Shu bilan birga, Seminollar beshta sivilizatsiyalashgan qabilalarning biri hisoblanadi.  Amerika fuqarolar urushi davrida Seminollar ham Ittifoq ham Konfederatsiya tomonlarida qatnashgan.

Taxminan 12 000 kishidan iborat Seminollar qabilasi, Florida va Oklaxomada, yerlarga ega. Qabilaning asosiy biznes manfaatlari tamaki, turizm va qimor oʻyinlaridir.

2006-yilda qabila dunyoga mashhur Hard Rock Cafe restoranlar tarmogʻini 965 million dollarga sotib olgan[1].

Bugungi kunda Florida shtatida 3100 ga yaqin va Oklaxomada 6000 ta Seminollar bor. Floridadagi rezervatsiyalar: Brighton, Immokali, Big Cypress, Hollywood, Tampa va Fort Pirs.

Adabiyotda tahrir

  • Tomas Mayn Rid . Osceola, Seminollar boshligʻi
  • Mak Reynolds. Yaxshi hind
  • Kirk Monro. flamingo tuki


Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Maxon, Jon K.; Brent R. Veysman (1996). Floridaning Seminole va Miccosukee xalqlari. Gannon, Maykl (Tahr.). Floridaning yangi tarixi, p. 183-206. Florida universiteti matbuoti. ISBN 0813014158.

Havolalar tahrir