Sergey Nikolaevich Freyman (1882-yil 25-aprel (7-may) Vladivostok - 1946-yil 14-aprel Toshkent) - sovet, sobiq rus, shaxmatchi.

Sergey Nikolayevich Freyman

Tugʻilgan sanasi: 1882-yil 25-aprel (7-may)
Tugʻilgan joyi: Vladivostok
Vafot sanasi: 1946-yil 14-aprel (63 yosh)
Vafot joyi: Toshkent

Tarjimai holi tahrir

Ofitser (keyinchalik general-mayor) Nikolay Rudolfovich Freyman oilasida tugʻilgan, Pajes korpusi bitiruvchisi, 1877-1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urushi qatnashchisi.

Sankt-Peterburg elektrotexnika institutini tamomlagan.

Birinchi jahon urushi paytida zahiradagi elektrotexnika batalyonida praporshik boʻlib xizmat qilgan.

1920-yillarning boshidan Oʻrta Osiyoda (Kushka, keyin Toshkent) yashagan. Shaxmat boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan, gazetada shaxmat boʻlimiga rahbarlik qilgan.

Shaxmat boʻyicha birinchi muvaffaqiyatiga 5-Umumrossiya turnirida erishgan (1907) — 5-oʻrin. Sankt-Peterburg havaskorlar turniri (1908) — 1-2-oʻrin; M.I.Chigorin xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda ishtirok etish huquqini olgan (1909) — 18-oʻrin. Sankt-Peterburgdagi eng kuchli shaxmatchilar turnirida (1910) — 1-3-oʻrinlar. Y.A.Znosko-Borovskiyga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan — 10: 8 (+5 -3 = 10; Sankt-Peterburg, 1911). Xalqaro turnirlar ishtirokchisi — Kyolndagi (1911) — 2-5 va Abbatsiyadagi (1912) — 6-7 oʻrinlarni olgan.

4 karra Oʻzbekiston chempioni va Toshkent shahrining koʻp karra chempioni. Oʻrta Osiyo turnirlari - 1927-yilgi (N.N.Rudnev bilan 1-2-oʻrin) va 1933-yilgi; Turkmaniston (1929) va Qirgʻiziston (1937, musobaqadan tashqari) chempionatlari gʻolibi. F.I.Duz-Xotimirskiy bilan oʻyinda durang natija belgilangan — 5:5 (Toshkent, 1926). 6 ta SSSR chempionati ishtirokchisi (1924-1935); eng yaxshi natija - 2-oʻrin (1929).

1946-yil 14-aprelda vafot etgan, Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[1].

Sport natijalari tahrir

Yil Shahar Musobaqa + = Natija Oʻrni
1907 Lodz 5-Umumrossiya turniri 6 5 2 13 dan 7 5
1908 Sankt-Petergurg Sankt-Peterburg shaxmat assambleyasining kuzgi turniri 1
1909 Sankt-Petergurg M.I.Chigorin xotirasiga bagʻishlangan turnir 3 10 5 18 dan 5½ 18
Vilnyus Rossiya shaxmatchilari turniri 7 7 4 18 dan 9 2—3[2]
1910 Sankt-Petergurg Sankt-Peterburgning eng kuchli shaxmatchilari turniri 1—3
1911 Sankt-Petergurg Y.A.Znosko-Borovskiy bilan oʻyin 5 3 10 10 : 8
Kyoln Xalqaro turnir 2—5
1912 Abbatsiya Mavzuli Gambit turniri 9 9 3 21 dan 10½ 6—7
Vilno Umumrossiya ustalari turniri 5 7 6 18 dan 8 8[2]
1913 / 1914 Sankt-Petergurg Umumrossiya ustalari turniri 6 9 2 17 dan 7 12
1924 Moskva 3-SSSR chempionati 4 14 0 17 dan 4 16—17
1925 Leningrad 4-SSSR chempionati 2 11 6 19 dan 5 19[3]
1926 Toshkent F.I.Duz-Xotimirskiy bilan oʻyin 5 5 0 5:5
1927 Toshkent Toshkent chempionati 1
Toshkent Markaziy Osiyo turniri (Markaziy Osiyo chempionati) 1—2
Moskva 5-SSSR chempionati 8 9 3 20 dan 9½ 10—12
1929 Odessa 6-SSSR chempionati

(chorak final turniri)

(yarim final turniri)

(final turniri)

6

4

2

1

1

2

1

0

0

8 dan 6½

5 dan 4

4 dan 2

2
Ashxobod Turkmaniston SSR chempionati 1
1931 Moskva 7-SSSR chempionatining yarim finali
1933 Toshkent Markaziy Osiyo turniri (Markaziy Osiyo chempionati) 1
Leningrad 8-SSSR chempionati 6 11 2 19 dan 7 16—17
1934 Toshkent Oʻzbekiston SSR chempionati
1934 / 1935 Leningrad 9-SSSR chempionati 1 11 7 19 dan 4½ 20
1936 Leningrad Ustalar saralash turniri
1937 Frunze Qirgʻiziston SSR chempionati 1
1938 Leningrad 11-SSSR chempionatining yarim finali 5 9 3 17 dan 6½ 15—17

Adabiyotlar tahrir

  • Шахматный словарь / гл. ред. Л. Я. Абрамов; сост. Г. М. Гейлер. — М.: Физкультура и спорт, 1964. — С. 370. — 120 000 экз.
  • Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 436. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.
  • Файбисович В. Барон С. Н. фон-Фрейман // Шахматный Петербург. — 2001. — № 2 (20). — С. 46—49.

Manbalar tahrir

  1. Фрейман Сергей Николаевич
  2. 2,0 2,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :0
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :1

Havolalar tahrir