Sergey Yefimovich Malov (1880.4.1, Qozon — 1957.6.9, Leningrad) — turkiyshunos olim.

FA muxbir aʼzosi (1939), Sankt Peterburg universitetining sharqshunoslik fakultetida oʻqigan (1904—09), N.F.Katanov va V.V.Radlovlarning shogirdi sifatida turkiy xalqlarning tarixi, tili, ogʻzaki ijodiyoti hamda etnografiyasi bilan jiddiy shugʻullangan. Gʻarbiy va Markaziy Xitoy (Sinszyan va Gansu viloyatlari)da yashovchi uygurlar tili va shevalari ustida olib borgan tadqiqotlari (1909—11; 1913—15) diqqatga sazovor.

M. "Qadimgi turkiy yozuvi yodgorliklari. Matnlar va tarjimalar" (1952), "Uygʻur tili. Homiy lahjasi. Matnlar, tarjimalar, lugat" (1954), "Sinszyan viloyatining uygʻur lahjalari. Matnlar, tarjimalar, lugʻat" (1961), "Lobnor tili, Matnlar, tarjimalar, lugat" (1955), "Sariq uygurlar tili. Lugʻat va grammatika" (1957), "Sariq uygʻurlar tili. Matnlar va tarjimalar" (1967) kabi asarlar muallifi. M. V.V.Radlov bilan hamkorlikda qad. uygʻur qoʻlyozmasi "Oltin yoruq" ("Suvarrahhasa")HH topdi va eʼlon qildi. Uning "Turklarning Yenisey yozuvi" (1952) nomli kitobi xalqlarimiz oʻtmishi, tillari tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil