Servitut (lot. servitus, servitutis — boʻysinuvchi holat) — oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir. Ushbu holat Oʻzbekitston Repulikasi Yer kodeksining 30-moddasiga asosan tartibga solinadi. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

  • oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtishda;
  • oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazishda;
  • oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar * oʻtkazish va ulardan foydalanishda;
  • oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olishda;

mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtishda;

  • oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanishda;
  • oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etishda.