Sevr sulh shartnomasi (1920) — Versal—Vashington tizimi shartnomalaridan biri, Birinchi jahon urushini yakunlagan. 1920-yil 10 avgustda Sevr shahrida (Fransiya) Antanta mamlakatlari va unga qoʻshilgan davlatlar bilan Turkiya oʻrtasida imzolangan. Usmonli turk imperiyasining, shu jumladan, Turkiya hududining boʻlib olinishini rasmiylashtirgan. Lozanna konferensiyasi (1923)da bekor qilingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil