Shaffoflik moddaning oʻzidan yorugʻlikni oʻtkaza olish xossasidir. Yorugʻlikni toʻliq, yutmay oʻtkazuvchi modda mutlaq shaffof deyiladi. Kundalik hayotda "shaffof" atamasi ostida faqat koʻrinuvchi yorugʻlikni oʻtkazuvchi modda nazarda tutiladi; biroq umuman olib qaralganda, boshqa yorugʻlik toʻlqinlarini yutmay oʻtkazuvchi modda ham shaffofdir (masalan, koʻrinuvchi yorugʻlikni oʻtkazmaydigan qalin mato rentgen toʻlqinlarini oʻtkazadi, demak u rentgen nurlariga nisbatan shaffofdir).

Shaffof shisha shar.

Shaffof moddalarga misol qilib havo, suv, shishaning koʻp va plastmassaning baʼzi turlarini keltirish mumkin.