Shahboz Erkinov

O'zbekiston futbol assatsatsiyasi oyinchisi

Shahboz Furqatovich Erkinov 1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻulgan.[1] Oilali.

Shahboz Erkinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahboz Furqatovich Erkinov
Tavallud sanasi 16-iyul 1986-yil (1986-07-16) (37 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 183 sm
Ampluasi Hujumchi
Vazni kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Andijon
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 Soʻgʻdiyona 30 (15)
2006 Shoʻrtan 38 (16)
2007 Paxtakor 30 (15)
2008 Soʻgʻdiyona 28 (13)
2008—2010 PAS Hamedan F.C. 31 (15)
2010—2011 Shoʻrtan 33 (18)
2012 Paxtakor 15 (2)
2013 Olmaliq 15 (7)
2014—2016 Navbahor 51 (27)
2016 Mashʼal 14 (4)
2016–2018 Nasaf 29 (11)
2018 Buxoro 24 (1)
2019 Qoʻqon 1912 24 (6)
2020–2021 Bunyodkor 43 (8)
2022— Andijon 25 (5)
Milliy terma jamoa
2004—2007 Oʻzbekiston U-20
2007—2009 Oʻzbekiston U-23
2009—2018 Oʻzbekiston 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Faoliyatini 2005 yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u Eron Pro ligasida PAS Xamadon jamoasida oʻynagan. U 2009-yilda oʻz klubi bilan Koʻrfaz kubogining yarim finaliga chiqdi va Rah Ahan Sorinetga 0:1 hisobida yutqazdi. PAS Xamadon jamoasida ikki mavsum toʻp surgandan soʻng, u „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtdi. 2009-yilgi mavsumda u 9 ta gol urdi va Liga oʻyinlarida eng yaxshi klub toʻpurari boʻldi. U keyingi mavsumda ham 9 ta gol urdi va 10 ta gol bilan Igor Tarandan keyin 2-eng yaxshi toʻpurar boʻldi. O‘sha yili O‘zbekistonga qaytib, „Shoʻrtan“ safiga qo‘shildi. Gʻuzor klubida bir yarim mavsum toʻp surgan va 2012-yilda „Paxtakor“ga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumni „Olmaliq“da oʻtkazgan. 2014-yildan buyon „Navbahor“ futbolchisi.

2014-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U 14 gol bilan ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi va 2014-yilgi Oliy liga mavsumida xet-trik qildi. Erkinov mavsumda ikkita xet-trik qayd etdi. 2014-yil 26-aprel kuni u Liganing 2014-yilgi mavsumdagi ilk xet-trikini amalga oshirdi, „Navbahor“ — „So‘g‘diyona“ uchrashuvida 4:2 hisobida yakunlandi. 2014-yilning 12-sentabr kuni „So‘g‘diyona“ga qarshi safarda „So‘g‘diyona“ning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinda u yana uchta gol urdi. 2014-yilgi mavsum yakuniga koʻra Erkinov Ligada 14 ta gol urdi, bu Liga toʻpurari Artur Gevorkyandan atigi 4 taga kam urga holda ikkinchi boʻldi. 2014-yilgi Oʻzbekiston kubogi bahslarida ham u klub safida 3 ta gol urgan.

2015-yilning 16-may kuni Erkinov „Andijon“ klubiga qarshi ligada safarda o‘yinda ajoyib „qaychi“ uslubida golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Predrag Vuyovichning „Andijon“ darvozasiga urgan goli 2:1 dan keyin „Navbahor“ futbolchilari oʻyinni maydon markazidan boshlashlari kerak edi.[2] Erkinov toʻpni qabul qilib oldi va „Andijon“ darvozaboni Genadie Moșneaga oʻz darvozasidan ancha uzoqda turganini payqab, yarim chiziqdan zarba yoʻlladi va toʻp darvozaga suzib ketdi. Uning bu goli 77-daqiqada 2:2 hisobida kiritildi.[3]

2015-yilgi mavsumda Erkinov yana 13 ta gol bilan Ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2016-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtdi. Muborakliklar safidagi yaxshi oʻyinlari natijasida Qarshining „Nasaf“ jamoasi safiga 2016-yilning yozgi transfer oynasida koʻchib oʻtdi. Qarshiliklar safida bir yarim mavsum harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yil yangi mavsumda Oliy liganing boshqa bir klubi „Qoʻqon 1912“ jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish bildirildi va yangi mavsumni qoʻqonliklar safida boshladi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi va 2 mavsum davomida qaldirgʻochlar safida toʻp surdi. 2022-yilgi mavsumda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi Viktor kumikov tarafidan fiutbolchiga burgutlar safida toʻp surish taklifi berildi va taklifni qabul qilib 2022-yilgi mavsumni „Andijon“ klubi safida oʻtkazdi.[4]

Xalqaro oʻyinlar tahrir

Shaxboz Erkinov 2004-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash oʻyinlarida ishtirok etgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ham ishtirok etgan.

U 2009-yilning 28-yanvarida futbol boʻyicha BAA milliy terma jamoasiga qarshi 2011-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan.

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Shoʻrtan
  • O‘zbekiston kubogi ikkinchi oʻrin;: 2010-yil

Individual tahrir

  • „Navbahor“ning Ligadagi eng yaxshi toʻpurari (2): 2014, 2015

Faoliyat statistikasi tahrir

2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra
Klub Mavsum Liga Kubok OFK Umumiy
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
PAS Hamedan 2008-09 17 5 3 2 - 20 7
2009-10 14 2 - - - 14 2
Umumiy 31 7 3 2 - 34 9
Shoʻrtan guzar 2010-yil 13 9 2 1 - 15 10
2011-yil 20 9 3 2 6 2 29 13
Umumiy 33 18 5 3 6 2 44 23
"Paxtakor" 2012-yil 15 2 4 1 - 19 3
Olmaliq 2013-yil 15 7 2 0 - 17 7
Navbahor 2014-yil 25 14 3 3 - 28 17
2015-yil 26 13 1 0 - 27 13
Umumiy 51 27 4 1 - 55 28
Umumiy faoliyat 145 61 18 9 6 2 169 72

Manbalar tahrir

  1. Shahboz Erkinov Soccerway saytida
  2. „Andijan vs. Navbahor 3 – 2, 16 May 2015“. soccerway (2015-yil 16-may).
  3. „ru:Шахбоз Эркинов забил гол с центра поля“. YouTube (2015-yil 16-may).
  4. „transfermarkt“. 2023-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar tahrir