Shaxboks shaxmat va boks qoʻshilishidan tashkil topgan gibrid sport turidir. Bunda ikki ishtirokchi orasida bir raund shaxmat, bir raund boks oʻynaladi. Shaxboks rasman 2003-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda.

Tarixi tahrir

Shaxboks gʻoyasi Enki Bilalning Froid-Équateur romanida (1992) paydo boʻldi. Golland Iepe Rubingh bu gʻoyani 2001-yilda hayotga tadbiq etdi.[1] 2003-yili Jahon Shaxboks Tashkiloti (WCBO) tuzildi va Amsterdamda birinchi jahon chempionati oʻtkazildi (Iepe Rubinghning oʻzi gʻolib chiqdi).[2] Shaxboks boʻyicha birinchi Yevropa chempionati 2005-yili Berlinda oʻtkazildi, unda bolgariyalik Tihomir Atanassov Dovramadjiev birinchi oʻrinni egalladi.

2008-yil aprelida Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) rahbari Kirsan Ilyumjinov ham shaxboks matchida qatnashib koʻrdi.[3]

Qoidalari tahrir

Jang 11 raund davom etadi. Toq raundlar — shaxmat, juft raundlar — boks uchun. Raundlar orasida 1 daqiqalik tanaffus beriladi. Shaxmat raundlari 4, boks raundlari 3 daqiqa davom etadi. Gʻalabaga nokaut, texnik nokaut yoki mot orqali erishiladi. Bulardan hech biri yuz bermasa, gʻolib ochkolar boʻyicha aniqlanadi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir