Shaytanat — Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosida 1998-yilda suratga olingan kriminal teleserial[1]. „Shaytanat“ — Oʻzbekistondagi eng mashhur teleserial hisoblanadi. 1999-yilgi namoyishdan soʻng uning televideniyedagi namoyishiga hech qanday asossiz taʼqiq qoʻyilgan edi. 2018-yilda ushbu taʼqiq olib tashlanishi aytilgan[2]. 2020-yil 23-martdan boshlab Zoʻr TV telekanalida namoyish qilindi.[3]. Serial 20 qismdan iborat boʻlib, uning yakunlovchi 21-qismi haligacha suratga olinmagan[4].

Shaytanat
Turi detektiv, kriminal drama
Muallif(lar) Tohir Malik
Rollarda Yodgor Saʻdiyev
Behzod Muhammadkarimov
Erkin Komilov
Gulchehra Jamilova
Poʻlat Saidqosimov
Jamshid Zokirov
Hojiakbar Nurmatov
Melis Abzalov
Yoqub Ahmedov va boshqalar
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qismlar soni 20
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Yodgor Saʼdiyev
Qism davomiyligi 30-40 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal Oʻzbekiston
Translyatsiya davri 15-fevral 1999-yil12-mart 1999-yil
Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2-iyul, 2022-yil(2022-07-02) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Tafsilotlar

Mashhur qoʻshiqchi Elchin oʻz xotinini qasddan oʻldirganlikda ayblanib, koʻp yillarga qamalib ketadi. Gap shundaki, u gʻirt mast holda qimor oʻynab, hamma narsasini yutqazib qoʻyadi. Yutib chiqish umidida xotinini ham qimorga tikib yuboradi. Oxir-oqibat yutqazib qoʻygan Elchin nima boʻlayotganini anglamay, mastlik taʼsirida uxlab qoladi. Oʻziga kelgach xotinini oʻlik holda topadi. Bu qotillik mashhur jinoiy toʻda yetakchisi Asadbekning odamlari tomonidan sodir etilganini tushunib yetadi. Endilikda Elchinnning maqsadi — Asadbekdan qasos olishdan iborat.

Rollarda

Aktyor Rol
Yodgor Saʼdiyev Asadbek / Asadbekning otasi oʻzbek jinoiy toʻda yetakchisi Asadbek / Asadbekning otasi
Behzod Muhammadkarimov Elchin (Bulbul) qoʻshiqchi Elchin (Bulbul)
Omon Burxonov Zohid Sharipov prokuratura tergovchisi Zohid Sharipov
Gulchehra Jamilova Manzura Asadbekning ayoli Manzura
Navroʻza Biynozova Zaynab (yoshligi) Asadbekni qizi Zaynab (yoshligi)
Bahrom Matchonov Anvar Sattorov tarixchi Anvar Sattorov
Poʻlat Saidqosimov Zelimxon (Akademik) qonundagi oʻgʻri Zelimxon (Akademik)
Zikir Muhammadjonov Ismoilbey mesxetin turklari oqsoqoli Ismoilbey
Karim Mirxodiyev Mahmud (Chuvrindi) Asadbekni qorovuli Mahmud (Chuvrindi)
Furqat Fayziyev Hosil boyvachcha to'da a'zosi Hosil boyvachcha
Abduhalil Mignorov Shomil (gʻilay) Hosilning yordamchisi Shomil (gʻilay)
Jamshid Zokirov Sharif Namozov vino zavodi muhandisi Sharif Namozov
Ahmad Berdimurodov Jamshid Asadbekning soqchisi Jamshid
Raʼno Shodiyeva Zaynab Asadbekning qizi Zaynab
Firdavs Pazletdinov Abdusamad Asadbekning oʻgʻli Abdusamad
Xayrulla Saʼdiyev Jalil / Jalilning otasi Asadbekni doʻsti Jalil / Jalilning otasi
Erkin Komilov Haydar (Kesakpolvon) Asadbekning yordamchisi Haydar (Kesakpolvon)
Rustam Qayumov Avtondil (Xongirey) rus jinoiy toʻda yetakchisi Avtondil (Xongirey)
Muhammad Rafiqov Abdurahmon tabib buxorolik tabib Abdurahmon tabib
Obid Yunusov Muhiddin ota Muhiddin ota
Abduraim Abduvahobov Rasul (Boʻtqa) Asadbekning odami Rasul (Boʻtqa)
Dilmurod Ergashev Armo rus jinoiy toʻda yetakchisi Armo
Farhod Abdullayev Murodilla (Xumkalla) qimorboz Murodilla (Xumkalla)
Matyoqub Matchonov Kerim narkotik sotuvchi Kerim
Hojiakbar Nurmatov Mahmud Soliyev militsiya mayori Mahmud Soliyev
Mixail Kaminskiy Georg Manukyan arman jinoiy guruh yetakchisi Georg Manukyan
Jahongir Saʼdiyev Asadbekning bolaligi Asadbekning bolaligi
Umid Azimov Jalilning bolaligi Jalilning bolaligi
Asilbek Shomirzayev Samandar Asadbekning ukasi Samandar
Sayyora Yunusova Asadbekning onasi Asadbekning onasi
Aziza Bekjonova Jalilning onasi Jalilning onasi
Gavhar Zokirova Nasiba Namozovning ayoli Nasiba
Lutfulla Saʼdullayev Qilich Sulaymonov vino zavodi direktori Qilich Sulaymonov
Ravshan Solihov Tojimullayev baza buxgalteri Tojimullayev
Ravshan Joʻrayev Mirsultonov militsiya kapitani Mirsultonov
Mahmud Ismoilov prokuror prokuror
Mamlakat Mirzayeva Madina Madina
Mohira Nurmatova Sveta Sveta
Saydullo Moldaxanov Hamdam Tolipov militsiya kapitani Hamdam Tolipov
Baxtiyor Hakimov polkovnik polkovnik
Valeriy Kuvshinov Semyon Semyon
Anatoliy Kochedikov Karpov rossiyalik qonundagi oʻgʻri Karpov
Tohir Saidov Halimjon Haydarning yordamchisi Halimjon
Mirza Azizov Qozi pul undiruvchi Qozi
Yoqub Ahmedov Xolid domla tarixchi olim Xolid domla
Melis Abzalov deputat deputat
Madina Muxtorova Mardona shifokor Mardona


Mukofotlari

2000-yil Moskvadagi „Jamiyat va qonuniylik“ kinofestivali sovrindori boʻlgan.

Manbalar