Sherali Mirzo

Tojikiston mudofaa vaziri

Sherali Mirzo (tojikcha: Шералӣ Мирзо; 24-may 1967) – tojikistonlik harbiy, davlat va siyosat arbobi[1], 2013-yil 20-noyabrdan buyon Tojikiston Mudofaa vaziri[2].

Sherali Mirzo
Шералӣ Мирзо
Tojikiston mudofaa vaziri
Mansab davri
2013-yil 20-noyabrdan
Prezident Emomali Rahmon
Oʻtmishdoshi Sherali Xayrulloyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-may 1967-yil (1967-05-24) (56 yosh)
Hamadon
Mukofotlari
Mansubligi Sovet Ittifoqi
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Xizmat yillari 1994-yildan
Unvoni General-leytenant

Faoliyati tahrir

Mirzo 1967-yilda Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Xatlon viloyatining Moskva (hozirgi Hamadoniy) tumanida tugʻilgan[3]. Perm oliy harbiy qoʻmondonlik akademiyasini tamomlagan va 1994-yilda mustaqillikka erishgandan soʻng qurolli kuchlar safiga qoʻshilgan[4]. Tojikiston fuqarolar urushi yillarida Vose tumani harbiy qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. 1994-1995-yillarda Mudofaa vazirligi harbiy tayyorgarlik boshqarmasi katta ofitseri, 1997-2002-yillarda esa 7-alohida motooʻqchi batalyoni komandiri[5]. Bu lavozimga oʻsha yilning 13-avgustida polkovnik Mahmud Xudoyberdiyev oʻrniga tayinlangan edi[6][7]. U toʻrt yil davomida Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasida oʻqidi.

2005-2006-yillarda Tojikiston mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan[8]. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining chegara qoʻshinlari qoʻmondoni[9], shuningdek, qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[10]. 2013-yil 3-oktyabrda Prezident Emomali Rahmon tomonidan Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Mudofaa vaziri lavozimidan „sogʻligʻi yomonlashgani“ tufayli isteʼfoga chiqqan Sherali Xayrulloyevning oʻrnini egalladi[11].

2018-yilning noyabr oyida Mirzo Baljuvon tumanida oʻz mablagʻi hisobidan sogʻlomlashtirish markazi qurgani maʼlum boʻldi[12][13]. Uning rahbarligida Soʻgʻd viloyatidagi Choruxdayron harbiy poligonida Oʻzbekiston bilan ilk harbiy mashgʻulotlar oʻtkazildi[14]. Qurolli Kuchlar qoʻmondonlik markazi ham uning davrida ishga tushirildi[15]. 2021-yilda Tehronga tashrif buyurib, general Muhammad Baqiriy bilan Milliy armiya va Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari oʻrtasida mudofaa va harbiy qoʻshma qoʻmita tuzishga kelishib oldi[16][17].

2014-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun delegatsiya tarkibida Sochida Prezident Rahmonga hamrohlik qilgan[18]. 2016-yilda Mustaqillikning 25 yilligiga bagʻishlangan Dusti maydonida parad oʻtkazildi, general-leytenant Mirzo Rudakiy shoh koʻchasi boʻylab oʻtkazilgan paradni koʻzdan kechirdi va ishtirokchilarni yubiley bilan tabrikladi[19][20].

Manbalar tahrir

  1. Kucera, Joshua. „Tajikistanʻs Long-Serving Defense Minister Replaced“. EurasiaNet (2013-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  2. arxiv nusxasi, 2018-01-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-05-23
  3. „ШЕРАЛӢ Мирзо | Prezidenti Toҷikiston – President of Tajikistan – Prezident Tadjikistana – رئيس جمهورية تاجيكستان“ (tg). www.president.tj. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2021-01-09 sanasida arxivlangan)
  4. „Мирзо Шерали“. who.ca-news.org. Qaraldi: 2017-yil 21-oktyabr.
  5. „Дар ҷашни 50-солагӣ вазири мудофиа омодагии қисмҳои гарнизони Душанберо месанҷад | Novosti Tadjikistana ASIA-Plus“. www.asiaplustj.info. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  6. „МАҲМУД ХУДОЙБЕРДИЕВ: ПОЛКОВНИКИ БАЛВОГАР. ҚИСМИ 3“ (en). akhbor.com. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  7. „ЯКЕ АЗ АВВАЛИН ҚИСМҲОИ ҲАРБӢ“ (ru-RU). Вазорати Мудофияи Ҷумуҳурии Тоҷикистон (2021-yil 19-fevral). Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
  8. „Rahmon Appoints New Ministers of Defence and Foreign Affairs - Jamestown“ (en-US). Jamestown. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
  9. „Тағйироти кадрӣ дар сохторҳои қудратӣ“. Радиои Озодӣ. Qaraldi: 2017-yil 9-aprel.
  10. „Роҳбарият“. www.mort.tj. Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
  11. „Министр обороны Таджикистана в свой юбилей проверяет боеготовность частей Душанбинского гарнизона | Novosti Tadjikistana ASIA-Plus“. Qaraldi: 2017-yil 21-oktyabr.
  12. „Defence minister builds health centre at his own expense“ (2018-yil 26-noyabr).
  13. „Iran and Tajikistan Announce Formation of Joint Military Committee“ (en-US). Jamestown. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  14. „Tajik MoD meets with Iran's top military cmdr.“ (en). Mehr News Agency (2021-yil 8-aprel). Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  15. „5 дастоварди артиши Тоҷикистон тӯли 5 соли кори вазири мудофиа Шералӣ Мирзо | Novosti Tadjikistana ASIA-Plus“. www.asiaplustj.info. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  16. „Iran, Tajikistan agree to establish joint defense committee“ (en). Tehran Times (2021-yil 9-aprel). Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  17. „Сафари расмии Вазири мудофиаи Тоҷикистон ба Эрон“ (tg). mfa.tj (2021-yil 9-aprel). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.
  18. „Working visit to Sochi of Russian Federation | Prezidenti Toҷikiston – President of Tajikistan – Prezident Tadjikistana – رئيس جمهورية تاجيكستان“. president.tj. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  19. „Military parade in honor of XXV anniversary of the State Independence of the Republic of Tajikistan | Prezidenti Toҷikiston – President of Tajikistan – Prezident Tadjikistana – رئيس جمهورية تاجيكستان“ (en). www.president.tj. Qaraldi: 2017-yil 29-may.
  20. „Dushanbe hosts military parade in honour of 25 years of Tajikistan's independence“ (ru). www.inform.kz (2016-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.