Shimoli-gʻarbiy hududlar — Kanadadagi maʼmuriy hududiy birlik. Maydoni 1,3 mln. km². Aholisi 41,4 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Yellouston shahri Sh. Shimoli-Gʻarbiy hududlar Shimoliy Amerika materigining shim. qismini, Kanada Arktika arxipelagini oʻz ichiga oladi. Gʻarbida Makenzi togʻlari (eng baland joyi 2164 m) bor. Ikdimi arktika va subarktika iqlimi. Oylik tralar yozda 3—16° dan qishda —28°, —36° gacha. Yillik yogʻin 150-400 mm. Oʻsimliklari tundra va oʻrmon tundrasi, jan.gʻarbida igna bargli oʻrmonlar bor. Sh. Shimoli-Gʻarbiy hududlar Kanadaning kam oʻzlashtirilgan qismi. Iqtisodiyotining asosini konchilik sanoati tashkil qiladi. Rux, qoʻrgʻoshin, oltin, volfram, neft qazib olinadi. Aholi, asosan, moʻynachilik bilan shugʻullanadi. Asosiy transport arteriyasi — Makenzi daryosi.