Shirin Mirxonovna Azizova (10-yanvar 1940, Gʻijduvon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1961). 1961-1964-yillar Namangan teatrida, 1968-1987-yillar Toshkentdagi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida, 1987-yildan Hamza teatrida aktrisa. Azizova ijodiga lirik, dramatik rollar yaqin boʻlib, obrazlari hayotiyligi, sahna nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi.

Xolishon, Sora, Maysara („Xolisxon“, „Ishq qurbonlari“, „Maysaraning ishi“), Rohila („Birinchi muhabbat“), Muhabbat („Oʻn sakkiz yoshligim“), Nozi („Bahs“), Oʻzbekoyim („Oʻtgan kunlar“), Tamara („Jar“), qaynona („Chimildiq“) va boshqa „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, Madina (,,Har bir uyda bayram, M. Boyjiyev), Zilola,,(Dildor M Karimov),Ayol,, Najot, F.Musadjonov, Malika,, Ayollar hangomasi, H.Muhammad, Jannatan,, Xudoning besh xotini kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.

1961-yilgacha Toshkent davlat teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi. 1961-1964-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama teatri sahnasida chiqish qilgan. Shirin Azizova 1981-yildan beri filmlarda rol oʻynaydi. Qabrdan qaytgan umr (2010-yil), Mergan militsiya (2007-yil), Sen meni sevasanmi (2006-yil), Kelgindi kuyov (2005-yil), Temir erkak (1991-yil), Tangalik bolalar (1990-yil) kabi filmlarda rollar ijro etgan. Shirin Azizovaning turmush oʻrtogʻi taniqli aktyor Toʻgʻon Rejametov (1938-1982-yil) Oʻgʻli - aktyor Zuxriddin Rejametov 1962-yil, qizi - aktrisa Fotima Rejametova 1970-yil

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil