Shokir Zokirovich Dolimov —isteʼfodagi Podpolkovnik, tarjimon. J. K. Rowling qalamiga mansub yetti qismli Harry Potter[1] romanlar turkumini va J. R. R. Tolkien qalamiga mansub "Hobbit: Yoxud borib qaytish", „Uzuklar hukumdori“ kabi asarlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Harry Potter va hikmatlar toshi asarining ilk tarjimalarini 2011-yildan oʻz blogida eʼlon qilib bordi. Shundan soʻng qolgan kitoblar ham oʻzbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Dolimov bir qancha ijtimoiy, siyosiy va diniy asarlarni ham rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[2]

Shokir Dolimov
Tavalludi
Shokir Zokirovich Dolimov

16-dekabr 1967-yil (1967-12-16) (56 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi isteʼfodagi podpolkovnik, tarjimon
Dini Islom
Mukofotlari

Shokir Dolimov mudofaa va xavfsizlikka oid meʼyoriy huquqiy hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilgani uchun harbiy mukofotlar va „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Tarjimalari tahrir

Manbalar tahrir