Shomonlik (shamanlik, evenk tilida shaman — jazavaga tushish) – diniy eʼtiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga taʼsiriga ishonish shaharnining asosini tashkil etadi. shaharda uning ruhoniylari – shomonlar ruhlar bilan aloqa bogʻlay oladigan, boʻlajak voqealarni oldindan aytib bera oladigan shaxslar deb, ularga sigʻiniladi. Maxsus kiyim kiygan, childirma ushlagan va boshqalar turli narsalar taqingan shomonning xalq oʻrtasida raqs tushib va jazavaga kirib, ruhlar bilan „aloqa bogʻlashi“ hamda ulardan maʼlum yoʻlyoʻriq olishi shahrining asosiy marosimi hisoblanadi. Bu diniy eʼtiqodda oddiy dindorlarga belgilangan keng marosimchilik belgilari va ibodatxonalar yoʻq. Shomonlarga bemorlar oʻzlarini davolash maqsadida murojaat qilib turadilar. Sh. Afrika, Shimoliy va Sharqiy Osiyoning koʻp xalqlarida (turkiy xalqlar orasida Islom kirib kelishidan oldin), Sibirda, indeyslar va boshqalar xalqlarda tarqalgan. Shomonlikka munosib koʻrilganlarni maxsus belgilari va koʻplab qobiliyatlar talab qilingan. Ortiqcha barmoq bilan tugʻulganlar, yaʼni shamanlarning oltinchi barmogʻi boʻlishi lozim edi. Shomonlar qoʻshiq, musiqa, rassomchilik, raqs, soʻzamonlik va haykaltaroshlikni yaxshi bilishlari kerak edi. Ularning marosimlarda aytiladigan qoʻshiqlari davolash va jodulash xususiyatiga ega boʻlgan. Ular oʻtib ketgan ajdodlari arvoxlariga sigʻinishgan. Ulardan madad soʻrashib qurbonlik marosimlarini oʻtkazishgan. Ularning asosiy ish qurollari,,bubin nomli childirma, qamchi, changqovuz, morin xur boʻlgan. Maxsus kiyimlarida mistik ramzlar boʻlgan. Ularning raqslari tabiyat jonvorlari harakatini eslatardi, bunga sabab oʻlgan ajdodlar arvoxlari hayvon qiyofasiga kirib, ular yoniga kelishiga ishonishardi. Oʻzbekiston xalqlari orasida ham shomonlar bor, ularni hamma,,baxshi nomi bilan yaxshi biladi. Ular ham ajdodlariga atab qurbonliklar qilishadi, bashorat, jodu va davolash ishlarini bajarishadi. Ular ish qurolida ham doira, qamchi, changqovuz, xanjarlarni koʻrishimiz mumkin va bu ish qurollari doim qurbonlik qilingan jonzotlar qoni bilan qonlanib turgan.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m


Manbalar tahrir