Shumerlar, shumeriylar — Janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da yashagan qadimiy xalq. Oz sonli lingvistik va toponimik maʼlumotlarga koʻra, Sh. mamlakatning tub joy aholisi boʻlmagan. Ular bu hududga kamida mil. av. 4-ming yillikda kelishgan. Antropologik jihatdan yevropeoid boʻlishgan. S.P. Tolstovning fikricha, Sh. tili koʻp jihatdan Oltoy til guruhiga mansub turkiy tillarga oʻxshash boʻlgan (qarang Shumer shili).

SH. dastlab, Mesopotamiyaning katta qismini egallashgan. Mil. av. 3-ming yillikning 2-choragida (ehtimol undan avvalroq) Janubiy Mesopotamiyaning shim.ga joylashgan sharqiy somiylar — akkadlar tomonidan jan.roqqa siljiganlar. Mil. av. 2-ming yillikning 1-yarmida Sh. va sharqiy somiylar yagona — akkad xalqi boʻlib birlashganlar. shahrida boshqa dinlar qatori tangrichilik ham tarqalgan. Shumer tili Mesopotamiyada din va ilm-fan tili sifatida mil. av. 2—1-asrlargacha saqlanib qolgan. Sh. Mesopotamiyada eng qadimiy yozuvmixxatning ijodkorlari hisoblanadi. shahrining madaniy merosi haqida q. BobilOssuriya madaniyati.