Sikhizm — Hindistondagi monoteistik din; hinduiylikning diniy islohotchilik harakatining gʻoyaviy shakllaridan biri. 16-asr boshlarida Panjobda paydo boʻlgan. Sikhizm asoschisi — Nanak (1469—1539). Ilk Sikhizm shaharda yashovchi savdogar-hunarmandlar doiralari mafkurasini ifodalagan. Sikhizm barcha odamlarni xudo oldida teng hisoblaydi, tarkidunyochilik (asketizm), monaxlikni qoralaydi, maʼnaviy ustoz — guruga soʻzsiz tobelikni targʻib qiladi. 18-asr boshida zamindorlarga qarshi harakatning mafkurasi boʻlgan, biroq 18-asr 2-yarmiga kelib sof diniy oqimga aylandi. Hozirgi vaqtda sikhlar oʻrtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi bois ularning ichida turli oqimlar va siyosiy partiyalar vujudga kelgan. Sikhizmning diniy markazi Amritsar shahri hisoblanadi.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Adabiyotlar tahrir

  • Gʻiyosov T. Gʻ., Hindistonning yangi tarixi. T., 1999;
  • Semyonova N.I., Istoriya sikxskogo dvijeniya v Indii, M., 1963.

Manbalar tahrir