Singapur Konstitutsiyasi Singapur davlatining asosiy qonuni boʻlib, 1965-yilda kuchga kirgan. Singapur Konstitutsiyasiga bir necha bor oʻzgartirishlar kiritilgan, shu numladan eng oxirgi oʻzgartirishlar - 1996-yilda[1] boʻlgan.

Konstitutsiyaning tuzilishi tahrir

Singapur konstitutsiyasi 14 qism va 163 moddadan iborat.

I. Dastlabki qoidalar

II. Respublika va Konstitutsiya

III. Singapur Respublikasining suverenitetini himoya qilish

IV. Asosiy erkinliklar

* 9-modda: Yashash va shaxsiy erkinlik huquqi

* 10-modda: Qullikni va majburiy mehnatni taqiqlash

* 12-modda: Tenglik va teng himoya huquqi

* 13-modda:Chiqarib yuborishni taqiqlash va erkin harakatlanish huquqi

* 14-modda: Soʻz, yigʻilishlar va uyushmalar erkinligi huquqi

* 15-modda: Din erkinligi huquqi

* 16-modda: Taʼlimda tenglik huquqi

V. Hukumat

VI. Qonun chiqaruvchi organ

VII. Ozchiliklar huquqlari boʻyicha Prezident kengashi

VIII. Sud tizimi

IX. Davlat xizmati

X. Fuqarolik

XI. Moliyaviy qoidalar

XII. Sabotaj va favqulodda kuchlarga qarshi maxsus vakolatlar

XIII. Umumiy qoidalar

XIV. oʻtish qoidalari.

Tuzatishlar tahrir

Singapur Konstitutsiyasi kuchga kirgan 1965-yildan buyon unga 46 ta oʻzgartirish kiritildi. Eng muhimlari quyidagicha:

1965-yil Konstitutsiya Singapur parlamenti aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilindi.

1970-yil Singapurda irqiy va diniy ozchiliklar huquqlarini himoya qilish uchun Prezident Kengashi[2] tuzildi. 1973-yilda u Singapur Prezidenti huzuridagi ozchiliklar huquqlari kengashi deb oʻzgartirildi.

1979-yil Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish tartibi oʻzgartirildi - buning uchun malakali koʻpchilik (qonun loyihasining ikkinchi va uchinchi oʻqishlarida parlament deputatlarining uchdan ikki qismi ovozi) kiritildi[3].

1984-yil Non-constituency Member of Parliament(ingl.) instituti joriy etildi (NCMPs) — parlamentga oʻtmagan, lekin parlament aʼzolarining aksariyat huquqlaridan foydalanadigan partiyalar vakillari, mamlakat Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritishda ovoz berish huquqi yoki hukumatga ishonch votumi bundan mustasno[4].

1988-yil Group Representation Constituency(ingl.) instituti joriy etildi (GRCs)[5]. Bu Singapurdagi alohida turdagi saylov okrugi boʻlib, unda deputatlar parlamentga guruh sifatida saylanadilar, har bir GRCning kamida bitta aʼzosi ozchilikdan (hind, malay va boshqalar) boʻlishi kerak[6].

1991-yil Konstitutsiyaga mamlakat prezidentini saylashning yangi tartibi kiritildi – bundan buyon u umumxalq ovoz berish yoʻli bilan saylandi[7].

1994-yil Singapur Respublikasi Konstitutsiyaviy tribunali Prezident va Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida konstitutsiyaviy masalalar boʻyicha nizolarning oldini olish mexanizmi sifatida tashkil etilgan[8].

Manbalar tahrir

  1. „Перевод Конституции Республики Сингапур на русский язык“. 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart 2012-yil.
  2. Constitution (Amendment) Act 1969 (No. 19 of 1969), in force on 9 January 1970.
  3. Constitution (Amendment) Act (No. 10 of 1979), in force on 4 May 1979.
  4. Constitution of the Republic of Singapore (Amendment) Act 1984 (No. 16 of 1984), in force on 10 August 1984; and the Parliamentary Elections (Amendment) Act 1984 (No. 22 of 1984), in force on 22 August 1984.
  5. Constitution of the Republic of Singapore (Amendment) Act 1988 (No. 9 of 1988), in force on 31 May 1988.
  6. Constitution, Art. 39A.
  7. http://statutes.agc.gov.sg/aol/search/display/view.w3p;ident=d996381a-9903-4295-a7a8-791c850aa350[sayt ishlamaydi]; in force on 30 November 1991.
  8. http://statutes.agc.gov.sg/aol/search/display/view.w3p;ident=b06a2434-81bd-4c7e-ac92-9639571f6a36;in[sayt ishlamaydi] force on 1 October 1994.

Havolalar tahrir