"SIRDARYO HAQIQATI" - ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy gazeta. Muassisi Sirdaryo viloyati hokimligi. 1963-yil 1 iyundan Guliston shahrida oʻzbek va rus tillarida nashr etiladi. Gaz. faoliyatining shakllanishida Sulton Akbariy, O. Qoʻchqorbekov, T. Jamolov, S. Qodirov, Habib Noʻʼmon, M. Qodirov, Abbos Muhiddin, Hamid Gʻulom, Rahmat Fayziy kabi jurnalist va yozuvchilar yaqindan yordam berganlar. Gaz.ga turli davrlarda Akmal Poʻlat va I. Sulaymonov, S. Boqiyev muharrirlik qilishgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirish, viloyat iqtisodiyoti va maʼnaviyatini koʻtarishda gaz.ning hissasi katta boʻlgan. Sahifalarida Sirdaryo viloyati ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy, maʼnaviy hayoti, dunyoda roʻy berayotgan voqealar, yangiliklar keng yoritib boriladi. Adadi 8000 (2003).