Sirot (arab. — yoʻl) — islom manbalarida Sirotul Mustaqim — qiyomat kuni jahannam uzra tortilgan qilkoʻprik; fors va turkiyzabon xalqlarda Pulsirot („Sirot koʻprigi“) deb yuritiladi. Diniy manbalarga koʻra, jannatga eltuvchi yagona yoʻl mazkur („soch tolasidan yupqa, shamshirdan oʻtkir“) Pulsirot boʻlib har bir banda undan yurib oʻtishga majbur

Sirot (arab. — yoʻl) — islom manbalarida qiyomat kuni jahannam uzra tortiladigan qilkoʻprik; fors va turkiyzabon xalqlarda Pulsirot („Sirot koʻprigi“) deb yuritiladi. Diniy eʼtiqodga koʻra, jannatga eltuvchi yagona yoʻl mazkur („soch tolasidan ingichka, shamshirdan oʻtkir“) Pulsirot boʻlib, har bir banda undan yurib oʻtishga majbur etiladi. Baʼzilar tez, baʼzilar sekinroq oʻtsa, baʼzilar qulab, jahannamga ravona boʻladi.

Baʼzilar chaqmoq uchqunidek tez, baʼzilar uchkur otdek, baʼzilar sekinroq oʻtsa, baʼzilar qulab jahannamga ravona boʻladi.

Manbalar tahrir