Siu — AQSH va Kanada rezervatsiyalarida yashovchi indeys qabilalari (dakota, assiniboynlar, kroular, osejlar va boshqalar) guruhi. Umumiy soni 70 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Siu tilida soʻzlashadi. Dindorlari — xristianlar, anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qilishadi. S. dehqonchilik bilan shugʻullanadi.