Skipidar — terpen uglevodorodlaridan iborat murakkab aralashma (qarang Terpenlar). Rangsiz, tiniq, uchuvchan, oʻziga xos hidli suyuklik. Qaynash temperaturasi 153—225°, zichligi 850–870 kg/m³. Suvda erimaydi, koʻpgina organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Yonuvchan; havoda, ayniqsa, yorugʻlikda oksidlanadi va quyuklashadi. Kislotalar va issiqdik taʼsirida oson izomerlanadi va polimerlanadi. Igna bargli daraxtlardan suv bugʻi ishtirokida haydash, yogʻochni quruq xaydash yoki erituvchilar bilan ekstraksiyalash yoʻli bilan olinadi. Lok, boʻyoq, yogʻlarni eritishda, kamfora sintezida, tibbiyotda va boshqa sohalarda ishlatiladi.