Skopye zilzilasi - 1963-yil 26 iyul erta tongda, mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 17 min.oʻtganda hozirgi Makedoniyaning poytaxti — Skopye sh. yaqinida sodir boʻlgan. Zilzila natijasida shaharning qariyb 10% imoratlari butunlay buzilib, 65% iga qayta tiklab boʻlmas darajada shikayet yetgan. Vayronalar ostida 1200 kishi qurbon boʻlgan. Zilzila magnitudasi 6,0 kuchi 8 ballga yetgan. Shahar atroflarida yoriklar paydo boʻlib, ulardan qumtoshlar otilib turgan. Zilzila oʻchogʻi shahardan bir necha km uzoqda boʻlishiga qaramay, epitsentrga nisbatan Skopye sh. katta zarar koʻrgan. Bunga, birinchidan, hamma imoratlar qurilayotgan paytda, ilgari boʻlib oʻtgan 20 dan ortiq kuchli zilzilalar oqibatidan saboq olinmaganligi boʻlsa, ikkinchidan, grunt suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, umuman seysmobardosh qurilish uchun qonunqoidalarning ishlab chiqilmaganligi sabab boʻlgan. Tarixdan maʼlumki, 518 y. boʻlgan kuchli zilzilalardan Skopye yaqinidagi Skupi sh. butunlay yer bilan yakson boʻlib, tiklanmagan.