Soʻronboy Jeenbekov

2017-2020-yillarda Qirgʻiziston prezidenti

Soronboy Sharipovich Jeenbekov (16.11.1958) – qirgʻiz davlat arbobi, 2016-yilning 13-aprelidan 2017-yil 21-iyulgacha – Qirgʻiziston bosh vaziri[1][2][3]. 2017-yilda Qirgʻiziston prezidentligiga nomzod. 2017-yildan 2020-yilgacha – Prezident[4][5].

Soʻronboy Sharipovich Jeenbekov
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Prezidenti
Mansab davri
2017-yil 1-dekabrdan – 2020-yil 15-oktabrgacha
Oʻtmishdoshi Almazbek Atambayev
Vorisi Sadir Japarov
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston bosh vaziri
Mansab davri
2016-yildan
Prezident Almazbek Atambayev
Oʻtmishdoshi Temir Sariyev
Vorisi Sapar Isoqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-noyabr 1958-yil (1958-11-16) (65 yosh)
Oʻsh, Qirgʻiziston SSR
Mukofotlari Andoza:Manas ordeni

Biografiya tahrir

1976-1977 – Oʻzgan tumanidagi Lenin nomli maktabda oʻqituvchi.

1983-1988 – Oʻsh viloyati Sovetskiy tumani bosh zootexnigi.

1988-1991 – partiya tashkiloti kotibi.

1991-1993 – Ulyanov tumani partiya tashkiloti mudiri.

1993-1996 – „Kashka-Jol“ sovxozi direktori.

1995-yilda – parlament deputatligiga saylangan.

1996-2007 – Qirgʻiziston Joʻqorgʻi Kengesi Agrar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, qoʻmita raisi.

2007-2007 – Qirgʻiz Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri.

2008-2010 – xususiy tadbirkor[2].

2010-2015 – Oʻsh viloyati gubernatori.

2015-2016 – Davlat kadrlar xizmati direktori, davlat maslahatchisi.

2016-2017 – Bosh vazir[3].

2017-yilda Bosh vazir lavozimidan ketdi va prezidentlikka nomzod boʻlishini eʼlon qildi[6].

2017-yil 15-oktyabrda prezident etib saylandi[7].

2020-yil 15-oktabrda prezidentlik lavozimini tark etdi[8].

Manbalar tahrir