Sobir Abdulla (taxallusi; asl ism-sharifi Abdullayev Sobir) [1905.5 (18).9, Qoʻqon — 1972.24.10, Toshkent] — shoir, yozuvchi va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1965). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Dastlab eski maktab, soʻng „usuli jadid“ maktabini tugatgach, Qoʻqondagi ped. bilim yurti (1922-24), Toshkentdagi mahalliy kadrlarni tayyorlash kursi (1924-26) da oʻqigan. 1926-48 yillarda „Yangi Fargʻona“, „Yosh leninchi“ gaz.larida adabiy xodim, „Mushtum“ jurnalda boʻlim mudiri, Andijon viloyat teatri, Oʻzbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1936).

Abdullayev Sobir
Fayl:Sobir Abdulla.jpg
Tavalludi
Abdullayev Sobir

1905-yil 18-sentyabr
Vafoti 1972-yil 24-oktyabr
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Taxallusi Sobir Abdulla
Kasbi nosir, shoir, dramaturg
Ijod qilgan tillari oʻzbek tili
Fuqaroligi  SSSR
Taʼlimi Qoʻqon maorif instituti
Yoʻnalish Sotsialistik realizm
Janr she’riyat, nasr, dramaturgiya
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni„Shon-sharaf belgisi“ ordeni
«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Ilk sherlar toʻplami — „Erk ilhomlari“ (1931). Shundan keyin uning „Navbahor“ (1931), „Kuklam naʼrasi“, „Zavq“ (1932), „Gulshan“ (1939), „Suz va soz“ (1943), „Davr qoʻshiqlari“ (1949), „Hayot gulshani“ (1959), „Hayot qoʻshiqlari“ (1962), „Devon“ (1965; Hamza mukofoti, 1971) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. S. A.ning sheʼriy ijodi lirika, xajviyot va dostonlardan iborat. S. A. aruz vazniga karshi kurash va umumiy badiiy ijodni mafkuralashtirish jarayoni kechgan bir davrda oʻzbek adabiyeti klassiklarining boy poetik anʼanalarini davom ettirib, mumtoz adabiyotimiz bilan zamonaviy adabiyot oʻrtasida oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtagan. S. A. voqelikda roʻy bergan voqea va hodisalarni ifodalashda aruz vazni imkoniyatlaridan samarali foydalangan, ayniqsa, gʻazal janrida kishilarga zavqshavq bagʻishlaydigan, ulardagi ezgulik va nafosat tuygʻulariga ruhiy oziq beradigan koʻplab asarlar yozgan. Uning bastakorlar tomonidan kuyga solingan eng yaxshi gazallari oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼatining ravnaqiga muhim hissa boʻlib qoʻshiddi. S. A. ayni paytda hajviy sheʼrlar ham yozgan. Liroepik janrlarda ham samarali ijod qilgan („Manyovr“, 1931; „Oʻrtoq Yoqubova“, 1934; „Katta Fargʻona kanali“ tona Polvon oʻgʻli", 1940; „Gul va sanam“, 1957; „Quralay koʻz bir kelinchak“, 1958; „Tun va tong“, 1971, dostonlar).

S. A.ning oʻzbek adabiyeti taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uning dramalaridir. „Muxbirga hujum“ dastlabki pyesasi 1927-yil Qoʻqon drama truppasi tomonidan sahnaga qoʻyilgan. Shundan soʻng S. A. „Bogʻbon qiz“ (1926, doston asosida), „Boʻston“ (1937) bir pardali pyesasi hamda „Tohir va Zuhra“ (1939) pyesalarini yezdi. 1940-yilda ilk bor sahna yuzini koʻrgan va hanuzga qadar oʻzbek musiqiy teatrlari repertuarlarini bezab kelayotgan „Tohir va Zuhra“ asari S. A. ijodining gultojidir. S. A. dramasi bilan Tuxtatsin Jalilovning musiqasi oʻzaro uygʻunlashgan holda sevgi va muhabbat haqidagi Sharq afsonasining „Romeo va Julyetta“, „Layli va Majnun“ singari jahon adabiyotining mashhur ishqiy asarlari darajasiga yaqinlashishiga imkoniyat yaratdi. S. A.ning ushbu asari asosida „Tohir va Zuxra“ kinofilmi (rejissyor N. Gʻaniyev) va opera spektakli (kompozitorlar T. Jalilov va boshqa Brovsin) ham yaratilgan. S. A. urush yillarida hamkorlikda „Qoʻchqor Turdiyev“ (1941), „Davron ota“ (1942), „Oʻzbekiston qilichi“ (1943), urushdan keyingi yillarda esa zamonaviy hamda tarixiyafsonaviy mavzularda „Alpomish“, „Gul va Navroʻz“, „Isteʼdod“, „Mening jannatim“, „Hijron va vijdon“ singari pyesalarni ham yozdi. Bu asarlarning aksari poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.

S. A.ning adabiy merosida nasriy asarlar ham salmokli oʻrinni egallaydi. Uning 1931-yilda nashr etilgan „Navbahor“ toʻplamidan sheʼrlar bilan birga davrning dolzarb mavzularida yozilgan hikoyalar ham urin olgan. S. A. nasriy janrlardagi izlanishlarini davom ettirib, „Ulfat“ (1939), „Soyalar“ (1963) hikoyalar toʻplamlarini eʼlon qildi. Kichik nasr janrlarida erishilgan tajriba yozuvchining „Mavlono Muqimiy“ romani (1965) ustida olib borgan ijodiy ishida, ayniqsa, qoʻl keldi. S. A. Muqimiy va uning zamondoshlarini koʻrgan kishilar xotiralari asosida romanda shoir hayoti va u yashagan tarixiy davr manzaralarini haqqoniy aks ettirdi. Keyinchalik S. A. tarixiy oʻtmish mavzuida yozilgan „Besh sarguzasht“ qissasini (1971), Hamza, Gʻ. Gʻulom, A. Umariy, M. Uzoqov kabi adabiyot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan xotiralarini yozdi. S. A. „Tohir va Zuhra“, „Maysaraning ishi“ operalari librettosining ham mualliflaridan biri. Qoʻqon va Toshkentdagi bir necha koʻcha, maktab va kutubxonaga shoir nomi berilgan.[1]

Ac: Asarlar [4 j.li|, 1- 4j.lar, T., 197580.

Biografiyasi tahrir

Sobir Abdulla (Abdullaev Sobirjon) 1905-yil 18-sentyabrda Fargʻona viloyatining Qoʻqon shaxrida ishchilar oilasida tugʻilgan. Sobirjonning otasi Abdullajon Alimov (18631933) mirzo (kotib) boʻlib, oliy maʼlumotli shaxs boʻlgani uchun mumtoz oʻzbek, tojik, fors adabiyoti, sheʼriyatining jonkuyar muxlisi boʻlgan. Bedil sheʼriyatining muhlisi, ajoyib shaxmatchi, oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlari: Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Mavloniy bilan doʻst boʻlgan. Onasi – Xoʻjarbibi Muhammadamin qizi ham oʻqimishli ayol boʻlib, oʻgʻliga ancha erta oʻqish va yozishni oʻrgatgan. „Nogiron“ va „Osiyo“ taxalluslari bilan gʻazallar yozgan. Uning taʼsiri ostida Sobirjon bolaligidan sheʼriyatga ishtiyoqni kuchaytirdi. Nafaqat onasi balki holasi ham uni sheriyatga qiziqishida katta ahamiyat kasb etgan. Bu haqida sjoirning oʻzi quyidagicha eslaydi: „Men chin yurakdan she’riyatni orzu qilardim!“

Sobirjon Sakkiz yoshidanoq koʻplab Sharq shoirlarining asarlarini asl nusxada bemalol oʻqiy olar, gʻazallar, masnaviy, qasidalarning teran ma’nosini tushunishga harakat qilardi, kichik kichik baytlar tuzishga urinardi.

1920-yilda maktabni tugatib, Qoʻqon maorif institutida oʻqishni davom ettiradi. 19241926-yillarda „Yangi Fargʻona“ gazetasining yumor boʻlimida ishlab, mahalliy va markaziy respublika gazeta-jurnallarida sheʼrlarini faol chop etgan; parallel ravishda Farg‘ona viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi boʻlib ishlagan. 1927-yilda u ilk bor drama janrida oʻzini sinab koʻrdi: „Muhbirga bosqin“ nomli birinchi pyesasi nashr etdi[2].

1928-yildan jurnalistlar tayyorlash kurslarini tugatgandan soʻng Sobir Abdulla ona vatani Qoʻqonga qaytadi va „Qizil Oʻzbekiston“ respublika gazetasining Fargʻonadagi maxsus muxbiri boʻlib ishlaydi. Oʻsha yildan to umrining oxirigacha oʻz sahifalarida zamonaviy jamiyat vakillarining savodsizlik, dilsizlik, ochkoʻzlik, pulxoʻrlik va boshqa illatlarini qoralovchi satira tarzida hikoya va ocherklar chop etadigan „Mushtum“ respublika satirik-hajviy jurnali bilan yaqindan hamkorlik qiladi[3].

Oʻzbek davlat musiqali teatri (hozirgi Toshkentdagi Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri)da 1931-yilda isteʼdodli dramaturg sifatida Sobir Abdulla hayotining yangi bosqichi boshlanadi[4], u yerda adabiy qism boshligʻi lavozimiga taklif qilindi. Keyinchalik musiqali drama teatrlarida yillar davomida mehnat va ijodiy faoliyat davom ettirdi.

Sobir Abdulla 30 ga yaqin sahna asarlari yaratdi. Ular nafaqat Oʻzbekiston, balki Qirgʻiziston, Tojikistonda ham koʻplab teatrlar sahnalarida qoʻyilgan. Ularning ba’zilari („Toxir va Zuxra“, „Alpomish“, „Muqimiy“, „Gul va Navro‘z“) zamonaviy oʻzbek dramaturgiyasining mumtoz namunalari sifatida hozirgacha respublika teatrlari repertuarlaridan tushmay kelmoqda. Shoir va dramaturg Sobir Abdulla tavalludining 100 yilligi hamda „Toxir va Zuhra“”dramasiga musiqa yozgan bastakor Toʻxtasin Jalilovning 110 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri Toshkentda uning opera versiyasini qayta ishlab chiqarish boshlandiʻ

Sobir Abdulla ham oʻzini iste’dodli ssenariy muallifi sifatida koʻrsatdi. Uning (A. Speshnev bilan birgalikda) ssenariysi boʻyicha suratga olingan „Tohir va Zuhra“ (1945) badiiy filmi jahon ekranlarini katta muvaffaqiyat bilan aylanib chiqdi va jahon kinosi xazinasidan munosib oʻrin oldi.

Sobir Abdulla “aruz” she’riy shaklini mukammal oʻzlashtirgan va oʻz ijodida keng qoʻllagan kam sonli zamonaviy oʻzbek shoirlaridan biri edi. Ildizlari asrlarga borib taqaladigan shakl, Alisher Navoiy o‘lmas ijodlarining shakli. Biroq, bu koʻpincha „sotsialistik realizm“ tanqidchilarining tanqidlariga sabab boʻladi, ular „aruz“ ni klassik, ammo eskirgan, versifikatsiyaning arxaik shakli deb hisoblaydilar. Ammo vaqt hamma narsani oʻz oʻrniga qoʻydi. Sobir Abdulla davrlar chorrahasida ijod qilib, mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyotini bogʻlovchi boʻgʻin boʻlib, oʻz asarlarida sharq she’riyatining nafis lirikasi, musiqaliligi, sir-sinoatini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. U oʻzining lirik asarlarini yaratib, mumtoz shoirlarning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirib, zamonaviy shoirlar orasida birinchi boʻlib oʻzining „Devon“ini yaratdi, unda oʻzining asl asarlari: sheʼrlar, gʻazallar, hajviyalar, muhammaslar, musaddaslar, musammanlar, tarjibandlar, masnaviy, ruboiylar joy olgan.

Sobir Abdulla koʻplab she’riy toʻplamlar muallifi. Sobir Abdullaning qancha lirik she’r va gʻazallari musiqaga qoʻyilganligini hech kim hisoblamagan, ammo ularning koʻpchiligi bugungi kunda oʻzbek qoʻshiq san’atining klassikasiga aylantirgani aniq. Ular xalq tomonidan seviladi va hozirgacha kontsertlarda ijro etiladi, radio va televideniya orqali eshitiladi. Oʻzbekistondagi har bir toʻy marosimi bugun ham „Toʻylar Muborak...!“ qoʻshigʻi bilan ochiladi. („Tohir va Zuhra“ musiqali dramasidagi toʻy tabrigi, birinchi marta 1939-yilda ijro etilgan.)

1945-yildan KPSS aʻzosi[5].

Sobir Abdulla 1972-yil 24-oktyabrda vafot etdi. Toshkentdagi (Chigʻatoy qabristoni) dafn etilgan.

Oilasi tahrir

  • Xotini — Saodatxon Abullayeva, (19121972), uy bekasi.
  • Oʻgʻli — Yashin Abdullaev, (1931 - 1992), fizik elektronika, toʻrt qiz va bir oʻgʻli bor.
  • Qizi — Yashna Abdullaeva, (1935 - 2018), yadro fizikasi, bir qiz va bir oʻgʻli bor.
  • Qizi — Gulshan Abdullaeva, (1939 - 2005), infeksionist, oʻgʻillari bor.
  • Qizi — Ravshan Abdullayeva, (1944 - 2015), filolog, qizi bor.

Unvonlar va mukofotlar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Abdurahmono va M., Sobir Abdulla. Hayoti va ijodi haqida ocherk, T., 1965; Ab durahm o n o va M., Zamin va zamon kuychisi, T., 1975.
  • Sovet Oʻzbekistoni yozuvchilari. Toshkent. 1959-yil.
  • R. Muqimov. „Sobir Abdulla“ (Adabiy portret). Toshkent. 1965-yil.
  • S. Abdulloh. „Shoirlar shahri, fozillar fahri – Qo‘qondan men“ (Men Qoʻqondanman – shoirlar shahri, olimlar faxri), J. „O‘zbek tili va adabiyoti“, 3-son, Toshkent, 1970, 73-78-betlar.
  • S. Abdulloh. „Oʻttiz yil qissasi“. „Toshkent oqshomi“ gazetasi (Toshkent oqshomi), 12.03.1970.
  • M. Abdurahmonova. „Yer va vaqt qo'shiqchisi“. Toshkent, 1975-yil.
  • M. Abdurahmonova. Sobir Abdulloh. Hayoti va izhodi (Sobir Abdulla. Hayoti va ijodi). Toshkent. 1980-yil.
  • M. Abdurahmonova. „Sobir Abdulla tavalluding 90 yilligiga“ (S.Abdulla tavalludining 90 yilligiga). J. „Sharq yulduzi“ (Sharq yulduzi), 9 – 10, 1995-yil.
  • Ya.Abdullaeva. Ota xotiralari (S.Abdulla tavalludining 100 yilligi munosabati bilan) Pravda Vostoka. Toshkent, 10.02.2006 y.
  • S. Abdulloh. „Zebo et ket...“ (S. Abdulla tavalludining 100 yilligiga. N. Karimov tahriri), 2007, Toshkent.
  • N. Karimov. "Sobir Abdulla". “Sharq yulduzi”, 2015-yil, 4-son, (sarlavha: „Tarix karvoni“).
  • R. Ahmad.„TASVIR“. 2016 y-il 22-sentyabr, 38-son (809) (sarlavha: “ma’naviyat”).

Havolalar tahrir

  • Sobir Abdulla ga taʼziyanoma, „Sovet Oʻzbekistoni“ gazetasi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Налёт на корреспондента (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan)
  3. „Журнал Муштум“ (deadlink). 2014-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  4. „Узбекский государственный музыкальный театр драмы и комедии им. Мукими“ (deadlink). 2013-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  5. Турсунов Т. Абдулла Сабир // Театральная энциклопедия / под ред. С. С. Мокульского. — M.: Советская энциклопедия, 1961. — Andoza:Бсокр.