Sodiqjon Abdurasulov (1937.9.5, Shahrixon tumani) — Oʻzbekiston Qahramoni (1996). Oʻrta maktabni tamom-lab, mehnat faoliyatini Shahrixon tumanidagi „Oltin vodiy“ jamoa xoʻjaligida shofyorlikdan boshlagan (1955-65), shu xoʻjalikda paxtachilik (1965-93), 1993-yildan gʻallachilik brigadasiga boshliq. A.rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik va donchilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi (paxtadan 22-45 s/ga; gʻalladan 1995-yilda 55 s/ga, 1997-yilda 70 s/ga). A.Andijon viloyatida boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bugʻdoy navlarini sinash va ulardan moʻl hosil olish boʻyicha tajriba maktabi yaratdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil