Sofiya universiteti, Kliment Oxridskiy nomidagi Sofiya universiteti — Bolgariyaning birinchi va yirik oliy oʻquv yurti. 1888-yil oliy ped. kurslari sifatida tashkil etilgan. 1889-yil Oliy bilim yurti, 1904-yildan universitet; 1905-yildan slavyan maʼrifatparvari, qad. bolgar adabiyeti asoschilaridan biri Kliment Oxridskiy nomida. 1944-yil qayta tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Bolgariyaning yetakchi ilmiyped. markaziga aylangan. Uning negizida tibbiyot, iqtisodiyot, agronomiya, zootexnika, qishloq xoʻjaligi., oʻrmon xoʻjaligi, veterinariya institutlari tashkil etilgan. 1970y.lardan universitet ftlari Bolgariya Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi (oʻquv markazlari doirasida). Falsafa, tarix, slavyan filologiyasi, garb filologiyasi, mat., fizika, kimyo, biol., geologiya, geogr., huquqshunoslik va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kugubxonasida 700 mingdan ortiqasar bor. Ilmiy asarlar nashr etadi.

Sofiya universiteti

Sofiya universiteti rektorati (2011)
Asos solingan 1888-yil

Koordinatalari: 42°41′36.999999999588″N 23°20′6.0000000000031″E / 42.69361111111099660°N 23.335000000000000853°E / 42.69361111111099660; 23.335000000000000853 G O