Sohil — 1) quruklikning suv havzasi (dengiz, koʻl, dare va boshqalar) qirgʻogʻi boʻylab choʻzilgan va ularga nishab boʻlgan qismi, relyefi hozirgi zamon va kad. relyef shakllariga mos boʻladi. S. 3 zona: 1) dengizboʻyi — dengiz terrasalari zonasi, 2) hozirgi zamon qirgʻoq shakllari rivojlanayotgan qirgʻoq zonasi, 3) suv bosgan qad. qirgʻoq shakliga ega sohilboʻyi zonasidan iborat (yana qarang Qirgʻoq); 2) Sahroi Kabir janubida choʻllar bilan fasliy nam oʻrmonlar oʻrtasida joylashgan savanna zonasi.