Solenoid (yunoncha: solen — naycha va eidos — koʻrinish) — spiral koʻrinishida oʻralgan va oʻzidan elektr toki oʻtkazayotgan izolyasiyalangan oʻtkazgich. Agar Solenoidning uzunligi oʻramlar diametridan juda katta boʻlsa, cheksiz uzun Solenoid hisoblanadi. Cheksiz uzun Solenoid maydonining magnit induksiya V si Solenoid tashqarisida nolga teng va ichida bir jinsli boʻlib, u quyidagi formula bilan ifodalanadi: V=sp"/, bunda i.(|— magnit doimiysi, p — Solenoidning oʻramlar soni, / — Solenoiddagi tok kuchi. Solenoid, odatda, kichik faol qarshilikka va elektr sigʻimiga hamda yetarli darajada katta induktivlikka ega boʻladi. Ichida temir oʻzak boʻlgan Solenoid elektromagnit vazifasini bajaradi. Solenoidning magnit maydoni (solenoid tashqarisidagi maydon) bilan doimiy magnit maydon orasida oʻxshashlik bor. Shartli ravishda kuch chiziqlari gʻaltakning bir uchidan chiqib ikkinchi uchiga kiradi, deb hisoblash mumkin.

Solenoid radiotexnika, elektrotexnika va xususan, oʻlchov asboblarida keng koʻlamda ishlatiladi.

Havolalar tahrir