Somonchisoy - Toychisoy Qashqadaryo viloyatidagi soy. Pachkamar dovonidan 3 km oʻtgach, Ellikbosh tizmasi jan. yon bagʻridagi Jangabuloq bulogʻidan boshlanadi. Uzunligi 84 km, xavzasining maydoni 496 km². Asosan, yomgʻir, qisman qor erishidan toʻyinadi. Oʻzan boʻylab chiqadigan yer osti suvlari hisobiga soyda yil boʻyi suv oqadi. Quyi oʻzanida doimiy suv oqimi deyarli boʻlmaydi.

Qurgʻoqchil yillarda soydan umuman suv oqmaydi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi, boshlanishidan 61 km gacha 0,070 m³/sek., oqim moduli 0,2 l/sek. Soyning koʻp sonli (54 ta) tarmoklari yozda qurib qoladi.