Sosnovets — Polshaning jan. qismidagi shahar. Yuqori Sileziya aglomeratsiyasida, Katovitse voyevodasida. Aholisi 244,1 ming kishi (1999). Toshkoʻmir qazib olinadigan rayon markazi. Qora metallurgiya, kon mashinasozligi, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziqovqat sanoati korxonalari, togʻ muzeyi bor.