South Park (Janubiy Park; talaffuzi: /saʊθ pɑːrk/) Trey Parker va Matt Stone tomonidan yaratilgan Amerika multserialidir. Comedy Central kanalida 1997-yildan beri efirga uzatiladi. Serial mashhur shaxslar va voqealarni mutoyiba va satira yordamida parodiya qiladi.

South Park
Janri Komediya
Muallif(lar) Trey Parker
Matt Stone
Ovoz berganlar Trey Parker
Matt Stone
Isaac Hayes (1997—2006)
Mary Kay Bergman (1997—1999)
Eliza Schneider (2000—2003)
Mona Marshall
April Stewart
John Hansen
Jennifer Howell
Adrien Beard
Qismlar boshidagi musiqa „South Park Theme“ Primus/Colonel Les Claypool’s Fearless Flying Frog Brigade
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Mavsumlar soni 26
Qismlar soni 325
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Trey Parker
Matt Stone
Qism davomiyligi 22 daqiqa[1]
Efirga uzatilishi
Telekanal Comedy Central
Tasvir formati Original broadcastlar:
480i (4:3 SDTV) (1997–2008)
1080i (16:9 HDTV) (2009–bugun)
Re-rendered epizodlar:
1080i (16:9 HDTV) (1–12-fasl)
Ovoz formati Dolby Surround 2.0 (1-11-fasl)
Dolby Digital 5.1 (12-fasl–bugun)
Translyatsiya davri 13-avgust 1997 — bugun
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Multserial asosida 1999-yilda South Park: Bigger, Longer & Uncut nomli toʻliq metrajli animatsion film ham ishlangan.

Mazmuni tahrir

Serialdagi voqealar Colorado shtatining South Park shaharchasida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar oʻlaroq toʻrt nafar maktab bolasi — Stan, Kyle, Eric va Kennylar qatnashadi. Multfilm ijtimoiy, diniy, siyosiy muammolarni hajv bilan yoritadi, illatlarni fosh qiladi (masalan, NAMBLA haqidagi qismda bachabozlik qattiq tanqid ostiga olingan). Serialda tez-tez soʻkinish eshitilishi va jinsiy aloqaga oid mavzular eslatilishi tufayli 18 yoshdan kichik boʻlganlarga tavsiya etilmaydi.

Ishlab chiqarish tahrir

Multfilm ikki oʻlchamli sodda animatsiyadan iborat. Avval boshda Parker va Stone rangli qogʻozlarni qirqish bilan serialni ishlab chiqarishgan boʻlishsa, hozirda kompyuter grafikasi yordamidan foydalanishadi.

Asosiy qahramonlar tahrir

  • Stan Marsh (Trey Parker ovoz bergan[2]) — „oʻrtacha amerikalik bola“. Kylening yaqin doʻsti.
  • Kyle Broflovski (Matt Stone ovoz bergan) — aqlli, mantiqli bola. Yahudiy boʻlgani uchun Cartman bilan munosabatlari yomon.
  • Eric Cartman (Trey Parker ovoz bergan) — xudbin, irqchi, agressiv bola. Toʻladan kelgan, lekin „semiz“ ekanligini tan olmaydi.
  • Kenny McCormick (Matt Stone ovoz bergan) — soʻkingʻich bola. Olovrang anoragi ogʻzini yopib turgani uchun nima deyotgani aniq eshitilmaydi. Qashshoq oila farzandi. Serialning koʻp qismlarida oʻladi (keyingi qismlarda esa uni yana uchratish mumkin).
  • Chef (Isaac Hayes ovoz bergan) — South Park maktabi oshpazi. Ayollarga oʻch.
  • Herbert Garrison (Trey Parker ovoz bergan) — maktab oʻqituvchisi. Jinsiy moyilligi xilma-xil (multserial davomida u ham geteroseksual, ham gomoseksual munosabatlarda boʻlgan) va shu yuzdan ikki marta jins almashtirish amaliyotidan oʻtgan.
  • Janob Mackey (Trey Parker ovoz bergan) — maktabb ruhshunosi. Bolalarga alkogol va giyohvand zarari haqida uqtirgan boʻlsa-da, uning oʻzi araqxoʻr va nashaxoʻr boʻlib ketadi. Biroq koʻp oʻtmay bu odatlarini tashlaydi.

Qismlar tahrir

FaslQismlarEfirga uzatish tarixi
Birinchi qismOxirgi qismNetwork
11313-avgust, 1997-yil(1997-08-13)25-fevral, 1998-yil(1998-02-25)Comedy Central
2181-aprel, 1998-yil(1998-04-01)20-yanvar, 1999-yil(1999-01-20)
3177-aprel, 1999-yil(1999-04-07)12-yanvar, 2000-yil(2000-01-12)
4175-aprel, 2000-yil(2000-04-05)20-dekabr, 2000-yil(2000-12-20)
51420-iyun, 2001-yil(2001-06-20)12-dekabr, 2001-yil(2001-12-12)
6176-mart, 2002-yil(2002-03-06)11-dekabr, 2002-yil(2002-12-11)
71519-mart, 2003-yil(2003-03-19)17-dekabr, 2003-yil(2003-12-17)
81417-mart, 2004-yil(2004-03-17)15-dekabr, 2004-yil(2004-12-15)
9149-mart, 2005-yil(2005-03-09)7-dekabr, 2005-yil(2005-12-07)
101422-mart, 2006-yil(2006-03-22)15-noyabr, 2006-yil(2006-11-15)
11147-mart, 2007-yil(2007-03-07)14-noyabr, 2007-yil(2007-11-14)
121412-mart, 2008-yil(2008-03-12)19-noyabr, 2008-yil(2008-11-19)
131411-mart, 2009-yil(2009-03-11)18-noyabr, 2009-yil(2009-11-18)
141417-mart, 2010-yil(2010-03-17)17-noyabr, 2010-yil(2010-11-17)
151427-aprel, 2011-yil(2011-04-27)16-noyabr, 2011-yil(2011-11-16)
161414-mart, 2012-yil(2012-03-14)7-noyabr, 2012-yil(2012-11-07)
171025-sentyabr, 2013-yil(2013-09-25)11-dekabr, 2013-yil(2013-12-11)
181024-sentyabr, 2014-yil(2014-09-24)10-dekabr, 2014-yil(2014-12-10)
191016-sentyabr, 2015-yil(2015-09-16)9-dekabr, 2015-yil(2015-12-09)
201014-sentyabr, 2016-yil(2016-09-14)7-dekabr, 2016-yil(2016-12-07)
211013-sentyabr, 2017-yil(2017-09-13)6-dekabr, 2017-yil(2017-12-06)
221026-sentyabr, 2018-yil(2018-09-26)12-dekabr, 2018-yil(2018-12-12)
231025-sentyabr, 2019-yil(2019-09-25)11-dekabr, 2019-yil(2019-12-11)
244230-sentyabr, 2020-yil(2020-09-30)10-mart, 2021-yil(2021-03-10)
225-noyabr, 2021-yil(2021-11-25)16-dekabr, 2021-yil(2021-12-16)Paramount+
2562-fevral, 2022-yil(2022-02-02)16-mart, 2022-yil(2022-03-16)Comedy Central
2621-iyun, 2022-yil(2022-06-01)13-iyul, 2022-yil(2022-07-13)Paramount+

Manbalar tahrir

  1. Lake, Dave „The 10 Most Controversial 'South Park' Episodes“. MSN TV (2009). 15-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2011-yil. (Wayback Machine saytida 15-may 2011-yil sanasida arxivlangan)
  2. „South Park - Ovozli aktyor“ (https://m.imdb.com/title/tt0121955/).+2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: https://m.imdb.com/title/tt0121955/.

Havolalar tahrir