Sovuqlik qutbi - Yer shari yoki yarim shardagi havo temperaturasi eng past boʻladigan joy. Shimoliy yarim sharda ikkita Sovuqlik qutbi mavjud boʻlib, birinchisi Saxa Respublikasi (Verxoyansk — Oymyakon tumani)da mutlaq minimal temperatura —70°, ikkinchisi Grenlandiya orolida —65°, —70° atrofida. Janubiy yarim sharda Sovuqlik qutbi Sharqiy Antarktida ichkarisida —90° ga yaqin. Bu yerda temperatura yil davomida oʻrtacha —55°, —60° lar atrofida kuzatiladi.