Spektrometriya (spektr va ... metriya) — spektrlarni oʻlchash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan ilmiy soha. Toʻlqinlar uzunliklarining optik diapazonida S. amaliy metrologiya, spektroskopiya va chizikli tizimlar nazariyasi boʻlimlarini birlashtiradi. S spektral asboblar (spektrometr, spektrosensitometr va boshqalar)ning prinsipial sxemalarini tanlash va hisoblash usullarini optimallash uchun xizmat qiladi. S. yordamida olingan natijalar nazariy va amaliy ishlarda keng qoʻllanadi.