Kadiyivka (1937-40-yillarda Sergo, 1937-yilgacha va 1940—78-yillarda Kadiyivka, 1978-2016-yillarda Staxanov) — Ukrainaning Lugansk viloyatidagi shahar. Luganskdan 53 km gʻarbda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 113,7 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kadiyivka 19-asrning 40-yillarida toshkoʻmir koni ishga tushirilishi bilan vujudga kelgan. Donbassning ogʻir sanoat markazlaridan biri. Shahar yaqinidan koʻmir qazib olinadi. Koks kimyosi, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, vagonsozlik, ferroqotishma, qurum, gidrojihozlar zavodlari, kumir boyitish fabrikalari, bir qancha oʻrta maxsus bilim yurtlari, tarixiy-badiiy muzey mavjud. Shaxtyor A.G.Staxanov nomiga qoʻyilgan.

Manbalar tahrir