Stereotipiya (stereo... va yun. typos — nusxa) — kitob, gaz., jurnal va boshqalarni koʻp nusxada nashr etish uchun bosmaxona qolipi (stereotip) tayyorlash va undan nusxalar bosish usuli. Stereotip metall, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. Matn shriftlari yoki tasvir uning sirtiga boʻrtib chiqib turadi. S.ning quyma, elektrolitik va presslash usullari bor.

S. ish unumdorligi yuqori boʻlgan rotatsion mashinalar uchun krliplar tayyorlashga, bir vaqtning oʻzida kitob, gaz. va boshqalarni turli joylarda bosishga imkon beradi. Stereotip matritsalarni sakdab qoʻyib, matbaa mahsulotlarini bir necha marta nashr qilish mumkin. gʻozir bu usul kamroq qoʻllanadi.