Studio Ghibli Inc. (yaponcha: 株式会社スタジオジブリ Kabushiki-gaisha Sutajio Jiburi?)[2] — asosiy binosi Tokioning Koganei shahrida joylashgan yapon animatsiya studiyasi. Studiya oʻzining animatsion badiiy filmlari bilan mashhur boʻlib, shuningdek, bir nechta qisqa metrajli filmlar, reklamalar va ikkita telefilm ishlab chiqargan. Studiyaning ramzi Totoro nomli personaj hisoblanib, 1988-yilda „Mening qoʻshnim Totoro“ anime filmidagi mushuklardan ilhomlanib yaratilgan ulkan ruhdir. Studiyaning eng yuqori daromad keltirgan filmlariga „Ruhlar olami“ (2001), „Howl's Moving Castle“ (2004) va „Qoyadagi baliqcha Ponyo“ (2008) kiradi. Studiya 1985-yil 15-iyunda rejissyorlar Hayao Miyazaki va Isao Takahata hamda prodyuser Toshio Suzuki tomonidan Topcraft studiyasida yaratilgan „Nausicaä of the Wind“ (1984) muvaffaqiyatli animesidan soʻng tashkil etilgan.

Studio Ghibli Inc.
Turi animatsiya studiyasi[1]
Egasi Tokuma Shoten va Nippon Television
Qachon asos solingan 15-iyun, 1985-yil (38 yil avval) (1985-06-15)
Tokio, Yaponiya
Hududiy xizmati Dunyo boʻylab
Asoschi(lari)
Mahsulot(lar)i anime, telefilmlar, reklama roliklari
Boyligi 15.77 milliard yen (2011)
Ishchilar soni 182 (2021)
Shoʻba korxonalari Studio Kajino
Vebsayti ghibli.jp

Studiyaning beshta filmi eng ko‘p daromad keltirgan o‘nta yapon animelari roʻyhatidan joy olgan. „Ruhlar olami“ ikkinchi oʻrinda bo'lib, Yaponiyada 31,68 milliard yen va butun dunyo boʻylab 380 million AQSH dollaridan ortiq daromad keltirgan; Princess Mononoke esa 20,18 milliard yen bilan, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Studiyaning koʻplab asarlari Animage Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Studiyaning beshta filmi Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan. „Ruhlar olami“ filmi 2002 yilda „Golden Bear“ va 2003-yilda „Eng yaxshi animatsion film uchun Akademiya mukofoti“ ga sazovor boʻlgan[3].

Filmlar tahrir

Yili Nomi Rejessiyor
1986 Castle in the Sky Hayao Miyazaki
1988 Mening qoʻshnim Totoro Hayao Miyazaki
1991 Only Yesterday Isao Takahata
1992 Porco Rosso Hayao Miyazaki
1997 Princess Mononoke Hayao Miyazaki
2001 Ruhlar olami Hayao Miyazaki
2004 Howlʼs Moving Castle Hayao Miyazaki
2008 Qoyadagi baliqcha Ponyo Hayao Miyazaki
2020 Earwig and the Witch Gorō Miyazaki
2023 How Do You Live? Hayao Miyazaki

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. „スタジオジブリの概要 - スタジオジブリ|Studio Ghibli“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  3. John. „Everything You Need to Know About Studio Ghibli“ (en-US). Tofugu (2011-yil 22-noyabr). 2018-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-may.