Subxonqul Oripovich Oripov (1930-yil 26-oktabr2003-yil 3-iyun) — davlat va jamoat arbobi, oʻzbek va sovet olimi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1966), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi[1] (1980).Professor (1982).

Subxonqul Oripovich Oripov
Tavalludi 26-oktyabr 1930-yil
Vafoti 3-iyun 2003-yil(2003-06-03)
(72 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Kasbi davlat va jamoat arbobi, olim
Yoʻnalish Tibbiyot
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor(1966), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi(1980)

Tarjimai hol tahrir

Oripov Subhonqul 1930-yil 26-oktyabrda OʻzSSR[2], SSSR[3] Qoʻqon shahrida dunyoga keladi.

U 1947-1949-yillarda Qoʻqon tibbiyot bilim yurtida ta’lim olgan, uni a’lo baholarga tamomlagan. 1950-yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1953-yilda SSSR Mudofaa vaziri buyrugʻi bilan Saratov davlat tibbiyot institutining Harbiy tibbiyot fakulteti (Saratov harbiy tibbiyot instituti) kursanti boʻlib oʻqishga kiradi va uni imtiyoli diplom bilan bitiradi.

1956-1958-yillarda 23-gvardiya polkida harbiy shifokor, polk komandiri — Sovet Ittifoqi Qahramoni, polkovnik Vilenskis, (Vilenskiy Volf) Volfas Leibovich boʻlib xizmatini oʻtagan.

1958-yilda SSSR Qurolli Kuchlari qisqarishi munosabati bilan urushda halok boʻlganlar oilasi a’zosi sifatida demobilizasiya qilingan (ikki qondosh aka-ukasi halok boʻlgan).

Oripov 1958-1963-yillarda Samarqand davlat tibbiyot instituti ordinatori, aspiranti, assistenti, ichki kasalliklar kafedrasi mudiri edi. Soʻng u 1963-1965-yillarda Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi boʻlgan. Oradan vaqt oʻtib, 1965-1970-yillarda Samarqand viloyat Ijroiya qoʻmitasi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi[4].

Keyinchalik 1970-1972-yillarda Samarqand viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻladi[5].

Taniqli shifokor 1972-1979-yillarda 4-bosh boshqarma boshligʻi - OʻzSSR sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari[6], 1979-1981-yillarda Oʻzbekiston SSR sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanadi[7].

Keyinchalik yana 1981-1986-yillarda Subhonqul Oripov Samarqand tibbiyot instituti rektori, 1986-1993-yillarda SamDTI boʻlim mudiri, Samarqand viloyati “Bilim” viloyat jamiyati boshqaruvi raisi, 2000-2003-yillarda esa "Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash" gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritadi[8].

Xotini — Tamara Oʻrazovna Oripova (1932-2004)[9], tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi.

Ijtimoiy-siyosiy faoliyati tahrir

Bir necha bor Samarqand viloyat Kengashi, Samarqand shahar Kengashi, Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

Oʻzbekiston SSR IX (1975-1980) - X (1980-1985) chaqiriqlar Oliy Kengashi deputati[10].

Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi, Samarqand viloyat qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi a’zosi etib saylangan.

SSSR Butunittifoq Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati Ijroiya qoʻmitasi a’zosi, SSSR Tibbiyot tarixchilari jamiyati boshqaruvi a’zosi[11], SSSR a’zosi. OʻzSSR Qizil yarim oy Respublika jamiyati, Oʻzbekiston tibbiyot jurnali bosh muharriri va tahrir hay’ati a’zosi etib saylangan[12].

Afgʻoniston shifokorlarining 1-kongress s’yezdida SSSR delegasiyasi rahbari (1980).

Ilmiy faoliyati tahrir

200 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, 14 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalar, jumladan “Oʻzbekistonda qishloq salomatligi”[13] monografiyasi muallifi – AQSH Kongress kutubxonasida arxivlangan; Abu Ali Ibn Sino: uning tibbiy va ayrim falsafiy qarashlari - Yevropa kutubxonasida arxivlangan[14].

Mukofotlar tahrir

2 ta Mehnat Qizil Bayroq ordeni, 2 ta Faxriy nishon ordeni, medallar, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi va Oliy Kengashi, SSSR sogliqni saqlash a’lochisi, OʻzSSR xalq ta’limi a’lochisi unvonlari bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Об учреждении почетных званий республики Узбекистан.“. 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-oktyabr.
  2. „УзССР.“.
  3. „СССР.“.
  4. „Самаркандское Областное управление здравоохранения.“. 2017-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  5. „Хокимият Самаркандской области.“. 2016-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  6. „Медико-санитарное объединение Министерства здравоохранения Республики Узбекистан“. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-oktyabr.
  7. „Министерство здравоохранения Узбекистана“. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr.
  8. „Газета здравоохранение Узбекистана.“. 2016-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  9. „Арипова Тамара Уразовна.“. 2018-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  10. „Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898-1991.“. 2016-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-sentyabr.
  11. „Общество историков медицины“. 2016-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
  12. „Медицинский журнал Узбекистана“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
  13. „Сельское здравоохранение Узбекистана.“. 2016-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-sentyabr.
  14. „Абу Али Ибн Сина“ (en). www.theeuropeanlibrary.org (1979-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 8-may.