Suhrob Sipehriy ((forscha: سهراب سپهری; 1928-yil 7-oktyabr — 1980-yil 21-aprel)) — eronlik shoir, yozuvchi, rassom va faylasuf. U Nimo Yushij, Ahmad Shomlu, Mahdiy Axavoni Solis va Furoʻgʻ Farruhzodlar qatori Eron zamonaviy sheʼriyatidagi beshta eng mashhur shoirlardan biri[2]. Uning sheʼrlari ingliz, ispan, fransuz, italyan va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Suhrob Sipehriy
Tavalludi 6-oktyabr 1928-yil
Vafoti 21-aprel 1980-yil(1980-04-21)
(51 yoshda)
Tehron, Eron
Kasbi shoir, yozuvchi, rassom, faylasuf
Ijod qilgan tillari Fors tili[1]
Fuqaroligi Pahlaviylar va Interim Government of Iran

Hayoti tahrir

Spehriy 1928-yil 7-oktyabrda Eronning Koshon shahrida tugʻilgan. U sanʼat va sheʼriyatni yaxshi tushunadigan oilada oʻsgan. Otasi pochta boʻlimida ishlagan. Bolaligida otasi falaj boʻlib, 1941-yilda vafot etadi. U bir necha yil oʻqituvchi boʻlib ishladi. Keyinchalik Tehron universitetining tasviriy sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgandan soʻng neft kompaniyasida ishga joylashdi va 8 oydan keyin uni tark etdi. Tez orada uning „Ranglarning oʻlimi“ deb nomlangan birinchi sheʼriy toʻplami nashr etiladi. Spehriy 1980-yil 28-aprelda Tehrondagi Pars kasalxonasida vafot etdi va Koshanda dafn qilindi[3][4].

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. Behrooz, Anahit „10 Inspiring Iranian Poets and Their Verses“ (30-mart 2015-yil).
  3. „Mainpage : Sohrab sepehri : Great persian poet and painter , All about sohrab, his poems and paintings. Include Sohrab Fan, E-Card , Weblog“.
  4. Abdolali Dastgheib, 2006. The Green Garden of Poetry, Critical Review of poems by Sohrab Sepehri. Amitis Publishers, Tehran, Iran. ISBN 964-8787-08-5. (Title in Persian: باغ سبز شعر)