SUKARNO (Sukarno) Ahmad (1901.6.6, Surabaya — 1970.21.6, Jakarta) — Indoneziya jamoat va davlat arbobi. Bandung texnologiya institutini tugatgan (1925). Indoneziya milliy partiyasini tuzishda faol qatnashgan va uning 1-raisi (1927). 1929 i. dekabrda Gollandiya mustamlaka hukumati tomonidan hibsga olingan va partiya tarqatib yuborilgan. Ozodlikka chiqqandan soʻng, 1931-yil tashkil etilgan Indoneziya partiyasiga kirgan va uning raisi etib saylangan. 1933-yil yana qamoqqa olinib, Flores o.ga surgun qilingan va keyinchalik, Janubiy Sumatraga koʻchirilgan (1938—42). Indoneziya Yaponiya tomonidan bosib olingan vaqtda (1942— 45) S. yapon hukmdorlari bilan rasman xolisona munosabatda boʻlsada, mamlakat ozodligi manfaatlari uchun kurashni hamda maxfiy milliy vatanparvar tashkilotlar bilan aloqalarni davom ettirgan. S. gitlerchilar Germaniyasini va militaristik Yaponiyaning siyosatini qoralagan. 1945-yil 17 avgustda u mamlakatda Gollandiya mustamlaka tuzumi tugatilganligi va mustaqil Indoneziya Respublikasi tuzilganligini eʼlon qilgan. S. Indoneziya Respublikasining 1-prezidenti boʻlgan. U Osiyo va Afrika mamlakatlarining 1955-yildagi Bandung konferensiyasi tashabbuskori. 1965-yil 30 sentabrda harbiy guruh hokimiyat tepasiga kelishi natijasida Indoneziya siyosiy hayotida S.ning mavqei pasaygan. 1966-yil martda hokimiyatni Suhartoga topshirgan[1].

Manbalar tahrir