Sur tuproqlar (boʻz tuproqlar) — choʻldasht mintaqasidagi oʻt oʻsimliklar bilan qoplangan, togʻ etaklari qiya tekisliklarida tarqalgan tuproq tipi. Oʻrta Osiyodagi choʻldashtlarda keng tarqalgan boʻlib, shagʻalli yotqiziqlar ustidagi lyoss va lyossimon qumoklarda hosil boʻladi. Sur tuproqlar yil davomida qisqa nam va iliq, uzoq davom etuvchi issiq va quruq davrning keskin navbatlanib kelishi sharoitida rivojlanadi. Yillik yogʻin miqdori 200–600 mm. Oʻsimlik qoplami efemeroid rivojlanish sikliga ega boʻlib, butun vegetatsiya davomida oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar hamda chala butalar bilan aralash oʻtlardan iborat. Tuproq kesimi aniq genetik qatlamlarga ajralmagan. Granulometrik tarkibiga koʻra, asosan, changsimon, yengil va oʻrtacha, kamdankam ogʻir qumoqli zarrachalardan iborat. Togʻ oldi tik qiyaliklarida esa toshliqumoqli Sur tuproqlar (A — chirindili qatlam qalinligi 10—20 sm, chirindi miqdori 1—3%, usti chimli; V — karbonatli qatlam, asosan, tipik va toʻq tusli; S. — ona jins) genetik qatlamlardan tashkil topadi. Och tusli, tipik, toʻq tusli va kam karbonatli Sur tuproqlar tipchalari bor. Och tusli St., dengiz sathidan 200–800 m balandlikda dare terrasalari hamda tog etagi tekisliklarida (ayrim xrllarda undan yuqori, mas, Sherobod shahri, qoyali Oqtogʻ togʻlari va Qurama togʻlarining kuchli eroziyalangan jan. qiyaliklarida uning yuqori chegarasi 1000–1100 m balandlikda) tarqalgan; chirindili qatlami qalinligi 40—50 sm. Tipik Sur tuproqlar och tusli Sur tuproqlar ga nisbatan balandroqda, yogʻingarchilik koʻp, harorat birmuncha past boʻlgan togʻ oldi tekisliklarida, adirlar va pastliklarida (dengiz sathidan 500–1000 m balandlikda) tarqalgan. Chirindili qatlam qalinligi 60—80 sm (yuqori qatlamlarda chirindi miqdori 1,5—2,5%). Toʻq tusli Sur tuproqlar dengiz sathidan 700–1600 m balandlikdagi togʻ oldi va past toglarda tarqalgan. Chirindili qatlam qalinligi 100—130 sm. Kam karbonatli Sur tuproqlar togʻ oldidagi lyossli va Tyanshan togʻ etaklari tekisliklaridagi shim. qiyaliklarda tarqalgan.

Sur tuproqlar da qishloq xoʻjaligi. ekinlari sugʻorilib yetishtiriladi.