SuxonaRossiya Federatsiyasi Yevropa qismi (Vologda viloyati) dagi daryo. Kubena kulidan boshlanadi. S.ning koʻldan chiqish joyiga shlyuzli toʻgʻon qurilgan. U Yug daryosi bilan qoʻshilgandan keyin Shimoliy Dvina daryosi hosil boʻladi. Uzunligi 558 km, havzasining maydoni 50,3 ming km², oʻrtacha suv sarfi 463 m³/sek. Yuqori oqimi da (Vologda daryosi quyiladigan joygacha) ilon izi boʻlib sayoz oʻzanda oqadi. Oʻrta oqimida sayoz joyi koʻp, ostonalar bor. Quyi oqimida qirgʻogʻi baland (30 m gacha). Oʻzanida ostona koʻp (eng kattasi Opoka). Nishabi juda kam boʻlganidan, baʼzan, bahorda Vologda va Leja daryolari suvi bosib, S. suvi Kubena koʻliga qaytib oqadi. Noyab.da muzlayda, aprel

Suxona
Tavsif
Uzunligi 558
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Suxona

ning 2-yarmida muzdan boʻshaydi. Shimoliy Dvina sistemasi bilan Sheksna va Volga daryolari orqali birlashtirilgan. Boshidan oxirigacha kema qatnaydi va yogʻoch oqiziladi. S. soxilida Sokol, Totma, Velikiy Ustyug sh.lari joylashgan.