SuzdalRossiya Federatsiyasi Vladimir viloyatidagi shahar, Kamenka daryosi boʻyida, Vladimir shahridan 35 km uzoqliqda joylashgan. Gavrilov Posad temir yo'l stansiyasidan 28 km janubi-sharqda. Aholisi 12 ming kishi (1998). Suzdalda tikuvchilik fabrikasi, sut zavodi ishlab turibdi. Shaharda oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Suzdal dastlab 1024-yil manbalarida tilga olingan. 12-asr 1-yarmida, Yuriy Dolgorukiy zamonida S. Rostov Suzdal knyazligining markazi, soʻngra VladimirSuzdal knyazligi tarkibida. 13–14-asr boshlarida Suzdal knyazligi poytaxti. Shaharni 1238-yilda moʻgʻullar yondirib yuborgan. 1392-yildan Moskva buyuk knyazligi tarkibida. 1796-yildan Vladimir gubernyasining uyezd markazi. Shaharning 18-asr tuzilishi saqlangan. 13–17-asrlarga xos qadimgi rus sanʼati meʼmoriy yodgorliklari yaxlit ansamblni tashkil etadi. Turizm rivojlangan. S. yaqinida 12–18-asrlarga oid meʼmoriy ansambl saqlangan Kideksha qishlogʻi bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Suzdal" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil