Tabaqa — muayyan xalq ichida ijtimoiy mavqeiga qarab boʻlinadigan guruh. T. urfodat yoki qonunda mustahkamlangan, avloddan avlodga oʻtib keladigan huquq va burchlarga ega boʻlgan. T.lar oʻtmishda anʼanaviy zodagonlik va aslzodalik tushunchalari mavjud boʻlgan joylarda vujudga kelgan.

Sharq mamlakatlarida jamiyatni turli T.larga boʻlinganligi tarixiy manbalarda qayd etib oʻtilgan. Masalan, qad. Hindistonda varnalar, kastalar mavjud boʻlgan. Musulmon mamlakatarida harbiylar, ahli qalam, ulamolar, qozilar, raiyat va boshqa alohida T.ga ajralgan. Markaziy Osiyoda jamiyatni T.ga ajratishni shartli ravishda 2 ga boʻlish mumkin. Birinchisi, sinfiy T.ga ajratish, uning tarixi ibtidoiy jamiyaning yemirilishi va sinfiy munosabatlarning shakllanishi, dinning kelib chiqishi bilan bogʻliq. Masalan, qabila boshliqlari, kohinlar jamiyatning imtiyozli T.sini tashkil etishgan (qarang Tabu). Ikkinchisi, ijtimoiy T.ga ajratish T.ning bu shakli ham ilk yozma manbalarga koʻra (Avesto) Markaziy Osiyoda qad. tarixga ega. Arablar istilosi, islom dini tarqalganidan soʻng, yanada keng Tapkalgan. Sayyid, xoʻja, toʻra, mir, bek va boshqa jamiyatning oqsuyaklar T.sini tashkil etgan boʻlsa, oddiy fuqaro — qorachalar deb nomlangan. Mas., sayyidlar paygʻambar avlodlari sanalib, ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy T.ni tashkil qilganlar va dindorlar orasida katta obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishgan. Xalq sayyidlarni baʼzan avliyolar qatoriga qoʻygan. Xoʻjalar islomda oqsuyaklar T.si sifatida sayyidlardan keyin turib, baʼzi musulmon mamlakatlarida hozir ham ularning imtiyozlari saqlanib qolgan. Oʻtmishda xoʻjalar bilan oddiy fuqarolar (qoracha) oʻrtasida quda-andachilik munosabatlari cheklangan. Ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan jamiyatda ijtimoiy tafovut yoʻqolib boradi. Oʻrta Osiyoda 20-asrga qadar turli ijtimoiy T.lar mavjud boʻlgan.

T.chilikning yuksak namunasi Fransiyada boʻlib, u yerda 14—15-asrlardan boshlab jamiyat T.larga boʻlingan. Yuqori T. aristokratiya va mayda dvoryanlar (jentri)dan iborat edi. Ruxrniylar boshqa T.ga mansub boʻlib, ular bir oz quyiroqsa tursalarda, maxsus imtiyozga ega edilar. Oddiy xalqni esa keyinchalik "uchinchi T." deb atay boshladilar. T.lanish boshqa davlatlarda turlicha shakllarda koʻrinadi.

Sayfullo Tursunov.