TaganrogRossiya Federatsiyasi Rostov viloyatidagi shahar (1775-yildan). Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 289,8 ming kishi (1998). Shaharga 1698-yilda Pyotr Ining buyrugʻi bilan qalʼa sifatida asos solingan. Shahar Rossiya Federatsiyasi janubidagi muhim sanoat markazi. 40 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Viloyat yalpi sanoat mahsulotining 1/6 qismiga yaqinini shu korxonalar beradi. Mashinasozlik rivojlangan. Metallurgiya zdida poʻlat prokat, quvur ishlab chiqariladi. Bugʻ qozonlari, kombaynlar, kema taʼmirlash, temirchilik, elektrotermik asbobuskunalari zdlari, oziq-ovqat, yengil, shu jumladan, koʻnpoyabzal, qurilish materiallari, kimyo sanoatlari korxonalari bor. Radiotexnika, ped. institutlari, kartinalar galereyasi, oʻlkashunoslik muzeyi, A.P.Chexov adabiyot va tarixiymeʼmoriy muzey qoʻriqxonasi, drama teatri mavjud.