Taklamakon (xitoycha: 塔克拉玛干沙漠; uygʻurcha: تەكلىماكان قۇملۇقى, Täklimakan) — Xitoyning gʻarbiy qismidagi choʻl, Tarim tekisligining markaziy qismida. Dunyoda eng yirik qum choʻllaridan biri. Maydoni 271 ming km². Uzunligi gʻarbdan sharqqa 1000 km dan ziyod, eni 400 km gacha. Yer yuzasi tekis boʻlib, toʻrtlamchi davrda toʻplangan choʻkindilardan tuzilgan. Shimoliy va sharqqa tomon 1200–1300 m dan 900–1000 m gacha pasayib boradi. Choʻlning gʻarbiy qismida qumtoshlardan iborat bir necha qoyali qator tepalar (Choʻngtogʻ, bal. 1664 m), qumoq va gilli tepaliklar (Mozortogʻ, 1635 m, Toʻxtaqozi, 1560 m) bor. Taklamakonning janubi-gʻarbida barxanlar, shimoli-sharqida bal. 300 m gacha boʻlgan qum uyumlari uchraydi. Chekka qismidagi katta maydonlarni shoʻrxoklar egallagan. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Yiliga 50 mm dan kam yogʻin yogʻadi, baʼzi yillarda umuman yogʻmaydi. Kuchli shamollar esib, qum boʻronlari boʻlib turadi. Kunlundan oqib keladigan daryolar qumga singib ketadi, Xoʻtan daryosigina yozda choʻlni kesib oʻtib, Tarim daryosiga quyiladi. Yer osti suvlari chuqur. Choʻlning katta qismida oʻsimlik deyarli uchramaydi. Daryo vodiylarida terak, jiyda, yantoq, shoʻra, saksovul oʻsadi. Hayvonot dunyosi kambagʻal. Aholi voha va daryo vodiylarida yashaydi, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Taklamakonda foydali qazilmalardan neft, gaz, kumir konlari, polimetall rudalari topilgan.

Taklamakon
xitoycha: 塔克拉玛干沙漠, uygʻurcha: تەكلىماكان قۇملۇقى, Täklimakan
38°54′0″N 82°12′0″E / 38.90000°N 82.20000°E / 38.90000; 82.20000 G OKoordinatalari: 38°54′0″N 82°12′0″E / 38.90000°N 82.20000°E / 38.90000; 82.20000 G O
MamlakatXitoy Xitoy
JoylashuviOsiyo
Uzunlik1 000 km
Kenglik400 km
Maydoni337 000 km²
Taklamakon (Xitoy Xalq Respublikasi)
Taklamakon

Yana qara tahrir