Talha ibn Ubaydulloh
Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Kaʻb al Quroyshiy (arabcha: طلحة بن عبيدالله; 595-656) — Islom payg’ambari Muhammadning ilk safdoshlari (sahoba)dan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardan[1].
Talha ibn Ubaydulloh | |
---|---|
arabcha: طلحة بن عبيدالله | |
Tavalludi |
Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Kaʻb ibn Saad ibn Toim ibn Murra al Quroyshiy 595-yil |
Vafoti |
656-yil Basra |
Fuqaroligi | Rashidun xalifaligi |
Otasi | Ubaydulloh ibn Usmon |
Onasi | Saʻba binti Abdulloh |
Biografiya tahrir
Arablarning Quroysh qabilasidagi Toim ibn Murra qabilasidan kelib chiqqan[2]. Abu Bakr Siddiqning qarindoshi hisoblanadi[3]. Abu Bakrning va do’stlarining tavsiyasi bilan Islomni qabul qilgan. Uhud jangida Muhammadni himoya qilgan va Jannat bashoratini olgan. Muhammadning o’limidan so’ng xalifalikka Abu Bakr nomzodiga ovoz bergan. Xalifa Usmon ibn Affonning o’limidan ko’p o’tmay, Tuya jangida halok bo’lgan. O’g’li Muhammad ibn Talha ham shu jangda o’lgan. Yana bir o’g’li Muso ibn Talha esa uning boy merosiga ega bo’lgan. Qizi Oysha binti Talha esa, arablarning nufuzli ayollaridan biri edi.