Tamilnad (1969-yilgacha Madras) — Hindistonning jan. qismidagi shtat, Hind okeanining Bengaliya qoʻltigʻi soxilida. Maydoni 130 ming km². Aholisi 62,1 mln. kishi (2001), asosiy kismi tamillar. Maʼmuriy markazi — Chennay sh. Shtat hududi Hindiston yarim orol janubiy chekkasining sharqiy qismidagi allyuvial dengizboʻyi tekisligi va Dekan yassitogʻligining jan. chekkasini egallaydi, gʻarbda uni 2500 m gacha balandlikdagi togʻlar chegaralab turadi. Iqlimi tropik mussonli iqlim, yillik yogʻin 600–1200 mm. Yirik daryosi — Kaveri. Barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar shtat hududining 10% dan ortigʻini egallagan.

Tamilnad
tam. தமிழ் நாடு
inglizcha: Tamil Nadu

Gerb
Gerb
Shtat
Maʼmuriy markazi Chennay
Yirik shahari Chennay
Boshqa yirik shaharlari Maduray, Koyamputtur, Tiruchchirappalli
Gubernator Konijeti Rosaya
Bosh vazir Jayaram Jayalalita
Rasmiy tili Tamil
Aholi (2011) 72 138 958[1]
Zichligi 554,67 kishi./km²
Maydoni 130 058 km² (11-oʻrin)
Qisqacha IN-TN
Kod ISO 3166-2 IN-TN
Rasmiy sayti http://tn.gov.in/
Xaritada
Tamilnad xaritada
Koordinatalari: 13.09°0′0″N 80.27°0′0″E / 13.09000°N 80.27000°E / 13.09000; 80.27000 G O

Tamilnad — mamlakatning aholisi zich shtatlaridan. Mehnatga layoqatli aholining katta qismi qishloq xoʻjaligi.da ishlaydi. Yetakchi tarmoq —dehqonchilik. Ekin maydonining katta qismida oziq-ovqat ekinlari (sholi, bugʻdoy, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, sabzavotlar) yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan yer yongʻoq, paxta, shakarqamish, kofe, choy, ziravorlar ekiladi. Kokos palmasi plantatsiyalari bor. Chorvachilikda koramol, qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonchilik rivojlangan. Dengizdan osh tuzi olinadi. Lignit, boksit, magnezit konlari bor. Asosiy sanoat tarmogʻi — toʻqimachilik (markazlari — Koimbatur, Maduray sh.lari). Oziq-ovqat, koʻnteri, mashinasozlik (toʻqimachilik mashinalari, mototsikllar, traktorlar, elektronika va radioelektronika jihozlari), qora metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Kurilish materiallari, asosan, sement ishlab chikariladi. Kime, neftni qayta ishlash, alyuminiy zdlari bor. Hunarmandchilik rivojlangan: koʻnteri, metall buyumlar tayyorlanadi, ipak matolar toʻqiladi. Asosiy sanoat markazi va porti — Chennay sh. Shtat Hindistonning tamil xalqi yashaydigan tarixiy viloyati nomi bilan atalgan.

Manbalar tahrir