Tardushlar — Oʻrxun Yenisey bitiklarida uchraydigan atama; Turk xoqonliginpng 2 boʻlimidan birini anglatgan. Xoqonlikning siyosiy tuzilmasiga qabila ittifoqlari bilan bir katorda geofafik belgisiga koʻra 2 harbiy maʼmuriy qabila birlashmasi kirgan: T. (xoqonlikning gʻarbiy qismida yashovchi qabilalar) va tyolislar, yoxud tolislar (xoqonlikning sharqiy qismidagi qabilalar). Ulardan tashkil topgan lashkar Turk xoqonligi qoʻshinining oʻng va soʻl qanotini tashkil etgan. Har 2 birlashmani shadlar boshqargan. Ular xoqon xonadoniga mansub shaxslar boʻlib, xoqon tomonidan tayinlangan. Bu birlashmalar uygʻur davlatlari tuzilmasida saqlanib qolgan.

Adabiyot tahrir

  • Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti Mongolii i Kirgizii, M.L., 1959; Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967.