Tarelkalar (ruscha: тарелки, italyancha: piatti, fransuzcha: cymbales) — urma musiqa cholgʻu asbobi. Ikkita maxsus temir qotishmasidan tayyorlangan disk (diametri 25—60 sm)dan iborat. Misr, Hindiston, Uzoq Sharq mamlakatlarida qadimdan maʼlum, Yevropada 18-asrdan "yanicharcha (turkcha) musiqa" taʼsiri ostida ommaviylashgan. T. bir biriga (yoki tayoqcha bilan) urilganda jarangdor sado beradi. U turli orkestr va estrada hamda jaz ansambllarida qoʻllaniladi.

1. Tarelka