Tavakkal, Tavakkalxon, Tavakkul sulton (?— 1598) – Qozoq xonligi xoni (1582—1598). Shigʻayxonning oʻgʻli.

Tavakkal
qozoqcha: Тәуекел хан
 Qozoq xonligining 10-xoni
Mansab davri
1582 – 1598
Oʻtmishdoshi Shigʻayxon
Vorisi Ishimxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1562
Dashti qipchoq
Vafoti 1598
Buxoro
Turmush oʻrtogʻi Aktorgʻin Xonim
Bolalari Shahzoda Husayn, shahzoda Murat, shahzoda Berke Saijal
Onasi Yaxshim-bigim Xonim
Otasi Shigʻayxon
Dini Islom

1581—82 yillarda Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan. T. va otasi Shigʻayxon Abdullaxonning Toshkent va Turkistonning shayboniylardan boʻlgan hokimi Boboxon (Bobo sulton)ga va baʼzi qozoq sultonlariga qarshi kurashida katta yordam bergan. Shu xizmatlari tufayli 1575-yil Shigʻayga Xoʻjand viloyati tarxon yoki suyurgʻol tariqasida berilgan. Ofarinkent viloyati T.ga tuhfa qilingan (1582). Biroq xonning unga nisbatan muomalasi yomonlashganidan badgumon boʻlib Dashti Qipchoqqa qaytgan. Mustaqil boʻlish uchun Moʻgʻuliston va Buxoro xonligi bilan kurash olib borgan. Abdullaxonga qarshi kurashda yordam bergani uchun Boboxon Yassi va Sabron viloyatlarini unga suyurgol kilib bergan. T. Sharqiy Turkistondagi Chalish va Turfan viloyatlari ichki ishlariga aralashgan, bu viloyatlar hokimi uning koʻrsatmasi bilan tayinlangan. Rossiya bilan doʻstona aloqa oʻrnatishga harakat qilgan. Rossiya Oʻrta Osiyo xonliklari bilan muzokaralarda T.dan vositachi sifatida foydalanishga hamda T. bilan Eron shohi Abbos I oʻrtasida Buxoro xonligiga qarshi ittifoqchilik shartnomasi tuzilishi uchun koʻp uringan. 1594-yil yanvda podsho xukumati T.ga harbiy yordam berishni vaʼda qilgan. 1595-yil mayiyulda T. huzurida Velyamin Stepanov boshchiligidagi rus elchilari boʻlgan. Abdullaxon va uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon vafotidan soʻng T. Movarounnahrni egallashga uringan. Ukasi Ishimxon bilan avval Toshkentni, soʻngra Samarqandni egallab, Buxoroga yurgan. Buxoro yaqinidagi jangda ogʻir yarador boʻlib Toshkentga qaytgan va oʻsha yerda vafot ettan.

Adabiyotlar tahrir

  • Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982;
  • Axmedov B. A., Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.